• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Temir yo‘llarda harakat xavfsizligi

04 Avgust 2023, 16:22 789

“Olmaliq KMK” AJ Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining Signalizatsiya, markazlashtirish, blokirovka va aloqa xizmati bunga erishish yo‘lida tobora eng yangi zamonaviy qurilmalar va vositalarni joriy etib kelmoqda.

Temir yo‘l transporti murakkab ko‘p tarmoqli soha. Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi tizimi kombinat konlari, boyitish fabrikalarini bog‘lab turuvchi halqadir. STTBda qo‘llanib kelinayotgan barcha turdagi signalizatsiya, markazlashtirish, blokirovka va aloqa vositalarini ta'mirlash va ularni joriy saqlab borish asosiy vazifasi hisoblanuvchi Signalizatsiya, markazlashtirish, blokirovka va aloqa xizmati 1958-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Garchi bu xizmat yordamchi bo‘linma bo‘lsa-da, kombinat temir yo‘l tarmog‘ini uning faoliyatisiz tasavvur qilish qiyin. SMB va aloqa xizmatida 14 ta stansiya mavjud bo‘lib, ulardan 2 tasi, ya'ni “Svinsovaya” va “Yoshlik” stansiyalari yoylarni mikropressorli markazlashtirish va o‘q o‘zaklar hisobi uslubida yo‘llar uchastkalarini nazorat qilish tizimiga o‘tkazilgan.

Dilshod Radjapov rahbarlik qilib kelayotgan xizmat yuqorida ta'kidlab o‘tilgan vazifalar bilan bir qatorda barcha temiryo‘l larning avtomatika, telemexanika, signalizasiya vositalariga, shuningdek strelkali o‘tkazgichlar, temir yo‘l kesishmalariga o‘rnatilgan yo‘l svetoforlariga ham xizmat ko‘rsatadi. Oralig‘i 8 kilometrni tashkil qiladigan “Qalmoqqir”-“Kolsevaya” stansiyalari o‘rtasidagi peregon avtomatlashtirilgan blokirovkalash vositalari orqali boshqariladi. Bundan tashqari, yettita temir yo‘lning harakatlanuvchi qismlari signalizatsiya moslamalari bilan jihozlangan bo‘lib, ular poyezdlarning xavfsiz harakatlanishini ta'minlab beradi.

So‘nggi yillarda temir yo‘llarda harakatlanuvchi tarkiblarning xavfsiz harakatlanishini ta'minlash, texnologik va xo‘jalik yuklarini tashish hajmi va samaradorligini oshirish maqsadida xizmat tomonidan e'tiborga molik texnik hamda texnologik qurollantirish ishlari olib borildi. Jumladan, eski turdagi lampali temir yo‘l svetoforlari yangi turdagi svetodiodli svetoforlarga almashtirildi. Ommaviy qo‘llanib kelingan SP-2 va SP-3 turidagi yoyli o‘tkazgichlarning yangi SP-6M turdagi yoyli o‘tkaz-gichlarga almashtirilishi amalda ijobiy natijalarni berib kelmoqda. Xizmat xodimlarining sa'y-harakatlari evaziga yarim ustunli svetoforlar o‘z o‘rnini to‘liq ustunli svetoforlarga bo‘shatib berdi. Yuklarni tashish hajmini oshirish maqsadida esa “Qalmoqqir” va “Kolsevaya”, “Otvalnaya” stansiyalari, “Qalmoqqir”-“Kolsevaya” stansiyalari oralig‘idagi uch izli temir yo‘l peregoni avtomatik yo‘l blokirovkasi bilan jihozlanish uchun Rossiya Federatsiyasining “Giprosvetmet” instituti loyihasi asosida zamonaviylashtirilmoqda. Zamon talablariga to‘liq javob beradigan motovoz ham xarid qilinib, foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda elektron moslamalar bilan jihozlangan “Olmaliqsoy” stansiyasi takomillashgan MPS va ESSO tizimiga o‘tkazildi va “Yoshlik” stansiyasi nomi berildi.

Sex boshlig‘i o‘rinbosari Ne'mat Mamatov, Jahongir Jo‘rayev, Oybek Mahmudjonov, Alisher Maraziqov, Aleksey Fedorov, Asliddin Xo‘jaqulov kabi yuqori malakali elektromexaniklar o‘z ish uchastkalarida vazifalarning izchil bajarib borilishiga oqilona rahbarlik qilib kelishayapti. Elektromontyorlar Dilshod Yuldashev, Nodir Almatov, Abbos Abdullayev, Mirzohid Jamatov, Bunyod Farhodov, Ayder Xabibullayev, Timur Abdullaev, Otabek Almatovlar markazlashtirilgan yoyli o‘tkazgichlar, rel's tizimlari, svetoforlar va rele jovonlariga mukammal xizmat ko‘rsatishda o‘ziga xos tajriba maktabini yaratishgan.

Bugungi kunga kelib boshqarma tomonidan xarid qilingan 120 dan ziyod stasionar radiostansiyalar va ratsiyalar, 80 ta portativ kuchaytirgichlar va 60 ga yaqin sanoat ovoz kuchaytirgichlarxizmat xodimlarining yaqin ko‘makchisiga aylangan. Uzoq muddat foydalanishda bo‘lgan eski turdagi simli aloqa qurilmalarini zamonaviy qurilmalarga bosqichma-bosqich o‘tkazish ishlari esa davom ettirilmoqda. Bundan tashqari, zamonaviy jihozlangan o‘quv mashg‘ulotlari xonalarining tashkil etilgani, shuningdek simli aloqa xizmati ma'muriy binosi ta'mirlanib, zarur o‘quv-mashg‘ulot ko‘rgazmali qurollari bilan jihozlangani jamoa xodimlarining bilimlarini oshirib borish hamda ishlar samaradorligida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hasan ABDULLAYEV

Bo`lishmoq:
Text to speech