• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Texnik nazorat xizmatida kasb mahorati tanlovi

29 Noyabr 2023, 12:52 395

Joriy yilning 27-noyabr kuni Texnik nazorat xizmati ishchi-xodimlari o‘rtasida "Eng yaxshi nazoratchisi" kasb mahorat tanlovi o’tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar 1-shartda kasbiy va xavfsizlk texnikasi bo'yicha tuzilgan savollarga javob berishdi. 2-shartda esa qatnashuvchilar kunlik ish faoliyati aks ettirilgan videolavhalar, ish unumdorligini oshirish maqsadida o'ylagan ratsionalizatorlik taklif va g'oyalari bilan tanishtirishdi.

Tanlov natijalariga ko'ra, "Eng yaxshi nazoratchisi" deb Mis eritish zavodi TNX nazoratchisi Z.Azimova topildi. 2-o‘rinni 2-Mis boyitish fabrikasi TNX nazoratchisi I.Rahmonqulov qo‘lga kiritdi. 3-o‘rin Angren kon boshqarmasi TNX nazoratchisi N.Narbayevaga nasib etdi.

G‘oliblarga OKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Ilhom Abdimanapov,

Texnik nazorat xizmati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech