• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Texnik nazorat xizmatida ko‘rik-tanlovlar

16 Mart 2023, 8:48 1223

Joriy yilning 15-mart kuni Texnik nazorat ximati mehnat jamoasi o‘rtasida "Assalom Navro‘z" bahoriy milliy taomlar tanlovi o‘tkazildi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tanlovda har bir jamoa ko‘rik-tanlov shartlariga ko‘ra Navro‘zi olam milliy taomlar dasturxonini o‘ziga xos tarzda tuzashi va hakamlar hay'ati a'zlariga ma'lumot berishlari kerak bo‘ldi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Rux zavodi bo‘yicha Texnik nazorat xizmati jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2-o‘rin Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi TNX jamoasiga nasib etdi.

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining TNX jamoasi 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Shu kuni Texnik nazorati xizmati xotin-qizlari o‘rtasida “Bahor malikasi” ko‘rik tanlovi ham tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar tanishtiruv, karving san'ati, erkin mavzu kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Rux zavodining TNX nazoratchisi Nilufar Begmatova “Bahor malikasi” deya e'tirof etildi.

Mis eritish zavodi TNX nazoratchisi Ziyoda Azimova, Mis boyitish fabrikasi TNX nazoratchisi Oyjamol Mametova, Kovuldi koni TNX nazoratchisi Mohigul Anvarovalar kuchli uchlikdan joy olishdi.

Har ikki tanlov g‘oliblariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.

G‘ulom Qodir Rayev,

Texnik nazorat xizmati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu