• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Texnogen chiqindidan olinayotgan yangi mahsulot

14 Iyun 2023, 10:38 1057

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida texnogen chiqindilardan mahsulot olish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad chiqitda qolib ketgan kekni utilizatsiya qilish va uning tarkibidan rangli va qimmatbaho metallarni ajratib olishdan iborat.

Bu borada Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, Molibden ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻlgan molibden keklarini qayta ishlashga jalb qilish loyihasi toʻliq ishga tushirilib, birlashmaning Gidrometallurgiya sexida Molibden keklarini qayta ishlash uchastkasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Ma’lumki 5-6%li molibden qoldiqlarini asosiy ishlab chiqarish jarayonlaridan qayta ishlab chiqarishga yoʻnaltirish katta mablagʻ sarflanadi. Buning oldini olish uchun gidrometallurgiya texnologiyasi orqali qayta ishlab chiqarishga jalb qilindi.

Joriy yilning birinchi choragida ish boshlagan uchastka bugungi kunda oyiga 3.5 tonna molibden tuzlarini ishlab chiqarmoqda. Bu koʻrsatkich yaqin kelajakda 10 tonnaga yetkaziladi va 5 mlrd soʻmdan oshiq foyda keltiradi.

Loyiha natijasida 20 ta yangi ish oʻrni ham yaratildi. Ishlab chiqarish xajmi oshishi bilan ishchilar soni yanada ortadi.

Bevosita texnologiya bilan bizni birlashma ilmiy texnologik markazi boshligʻi Gʻayrat Farmanov tanishtirib oʻtdi. Unga koʻra,  dastlab boʻtana tayyorlanib olanidi. Tarkibida 5-6 % bo’lgan molibden boʻlgan eritmalar +80-90  haroratda qizdiriladi va filtratsiya jarayonidan o’tkaziladi. Soʻngra, sorbsiya jarayoniga oʻtib, eritma 1 muhitdan 2-muhitga oʻtkaziladi. Tayyorlangan sorbent distillangan suvda tozalanib, disorbsiya qilinadi. Mazaur jarayondan soʻng, molibden tetramolibdat ammoniy hosil boʻladi hamda molibden tuzi ajratib olinadi. Ajratib olingan molibden tuzi ferromolibden ishlab chiqarishga yoʻnaltiriladi.  Ferromolibden -  bu temir va molibden asosli qotishmasi hisoblanadi. Undan poʻlat, choʻyan va qotishmalarni legirlashda foydalaniladi. Ferromolibden kukunli metallurgiya usulida olinib, unning tarkibida 58%-75% molibden boʻladi.

Ferromolibden mahsulotning yakuniy tarkibiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.  Uning yordamida elementlar va uskunalardan hatto yuqori haroratda ham foydalaniladi. Ferromolibdenning  poʻlat qotishmalarni  legirlashda toza molibden oʻrniga qoʻllanishi  yangi mahsulotning  afzallik va iqtisodiy ahamiyatini yana ham oshiradi. 

Shu oʻrinda ta’kidlab oʻtish joizki loyiha birlashmaning oʻz kuchi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishga tushirildi. Uskunalarning deyarli barchasini ishchi xodimlar yasashgan.

Albatda har qanday ishlab chiqarish jabhasi murakkab, bunda loboratoriya xodimlarining ham oʻz oʻrni bor, ular kimyoviy jarayonilarni kuzatib mahsolot olish davomida analizlar olib borishadi bu esa molibden metallining yanada sifatli boʻlishini ta’mindaydi.

Mamlakatimizda eksportga moʻljallangan va import oʻrnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan birlashma mehnatkashlari, mahalliylashtirish dasturi ijrosi boʻyicha ham bir qator loyihalar ustida ishlamoqda. Bu bilan ular ilim fan va taraqqiyotgan rivojlanishiga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqda desak, yanglishmagan boʻlamiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech