• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Texnologik transport boshqarmasi jamoasi 2023-yil prognozlarini muddatidan avval bajarishdi

25 Dekabr 2023, 11:8 953

Texnologik transport boshqarmasi mehnat jamoasi ham yillik vazifalarni muddatidan avval bajarishga erishdilar.

Joriy yilning 23-dekabr kuni ushbu mehnat jamoasi tomonidan 2023-yilga belgilangan ishlab chiqarish prognozlari muddatidan avval 100,1%ga bajarildi.

2023-yil uchun ushbu mehnat jamoasi oldiga 51 416 000 metr kub tog‘ jinsi tashish vazifasi yuklatilgan edi. Amalda esa  51 466 100  metr kub tog‘ jinsi o‘z manziliga yetkazildi.

Ushbu korxonaning  texnoparkida bugungi kunda jami 412 dona transport vositalari mavjud bo‘lib, shulardan  yuk ko‘tarish quvvati 130 tonna bo‘lgan BelAZ-75131 rusumli avtosamosvallar 89 donani, yuk ko‘tarish quvvati 220 tonna bo‘lgan  BelAZ-75307  rusumli avtogigantlar 31 donani tashkil etadi. Yuk ko‘tarish quvvati 30 tonna bo‘lgan BelAZ 7540 rusumli samosvallar esa 58tani tashkil etadi. 162 dona turli xildagi yo‘l qurilish mashinalari, xo‘jalik ishlarini bajarishda foydalaniladigan 72 dona avtotrnasport vositalari ham texnoparkda mavjud.

Bu yutuqlarga erishishda mehnat jamoasi ishchi-xodimlari konchilar bilan hamjihatlikda ishlarni muvofiqlashtirgan holda to‘g‘ri tashkillashtirishganini alohida ahamiyatga egaligini ta'kidlash joiz. Bundan tashqari, ta'mirlovchi chilangarlar, yo‘l ta'mirlash xizmati xodimlari hamda haydovchilarning o‘z kasblariga sidqidildan yondashishi, rahbariyat tomonidan zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarining o‘z vaqtida yetkazib berilishi hamda korxonada yildan yilga takomillashib borayotgan raqamlashtirish jarayonining joriy   etilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ma'lumot uchun: ushbu mehnat jamoasi asosan Qalmoqqir, Sariq-cho‘qqi, Yoshlik-1 konlaridan tog‘ jinslarini tashish, kombinat sexlarining yo‘l qurilish mashinalari bilan ta'minlaydi.

Shuningdek, kombinat sexlaridagi texnologik yuklarini tashish bilan ham shug‘ullanadi. 

Bahrom Niyazmetov,

TTB transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha boshliq o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech