Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tez va to‘g‘ri ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam muhim ahamiyatga ega

16 Aprel 2025, 8:55 824

Joriy yilning 14-15 aprel kunlari O‘quv markazi Muhandislik maktabining texnik xodimlari, o‘qituvchi va tinglovchilari uchun birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy seminar trening o‘tkazildi.

Seminar treningda O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati va Abu Ali ibn Sino nomidagi Olmaliq jamoat salomatligi texnikumi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarda mutaxassislar tomonidan sanoat korxonalarida yuz beradigan noxush hodisalar natijasida jabrlanganlarga qanday tarzda birinchi tez tibbiy yordam berish amalda ko‘rsatib berildi.

Tibbiyot xodimlari voqea joyiga yetib kelgunga qadar jabrlanuvchilarga qanday yordam ko‘rsatish, nimalarga e'tibor qaratish lozimligi batafsil tushuntirib o‘tildi.

Tez va to‘g‘ri ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam jabrlanuvchining salomatligini asrashda muhim ahamiyat kasb etishi mutaxassislar tomonidan ta'kidlandi.

Mahliyo Rahmonova,

Muhandislik maktabi marketing bo‘limi mutaxassisi

Bo`lishmoq:
Text to speech