Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi yillik rejani muddatidan oldin bajardi

26 Noyabr 2025, 8:32 382

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalaridan birin-ketin 2025-yil uchun belgilangan ishlab chiqarish prognozlarini muddatidan avval bajarishgani haqida xushxabar kelmoqda.

Jumladan, joriy yilning 23-noyabr holatiga 2-mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi ham bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan vazifalarni oshig‘i bilan bajarishdi.

Xususan, mis konsentrati ishlab chiqarish prognozi 108,6 % ga, oltin konsentrati ishlab chiqarish vazifasi 109,6% ga bajarildi.

Ushbu yutuqlar fabrikadagi barcha ishchi-xodimlarning mehnatga mas’uliyat bilan yondashishi, texnologik intizomga qat’iy amal qilishi va ish jarayonlarini har tomonlama takomillashtirish, fabrikada amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlarining natijasidir.

Fabrika mehnat jamoasi 2026-yilda ham ishlab chiqarish samaradorligini yana-da oshirish, rejalarni yuqori darajada bajarish va fabrika rivojiga hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech