• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tibbiy sanitar qism raqamli poliklinikaga aylantiriladi

04 Iyul 2023, 8:42 2321

Xabaringiz bor, OKMK rahbariyati taklifi bilan kombinat ishchilari uchun xizmat qiladigan tibbiy sanitariya qismi o‘tgan yilda kapital ta'mirga topshirilgan edi. Mutlaq yangi ko‘rinish olgan binoda ayni kunlarda jihozlash ishlari olib borilyapti. Shuningdek kombinat tomonidan shahardagi tug‘ruq majmuasida ham amalga oshirilayotgan kapital ta'mir deyarli nihoyalangan.

1983-yilda OKMK o‘z ishchi-xodimlariga malakali tibbiy xizmatni amalga oshirish maqsadida tibbiy sanitariya qismini foydalanishga topshirgan edi. Salkam 40 yil mehnatkashlarning sog‘ligini mustahkamlab kelayotgan mazkur muassasa ishchilar tilida “medsanchast” deya ataladi. Tibbiy muassasa 2022-yil yoz oyida kapital ta'mirga topshirilgan edi.

O‘tgan vaqt oralig‘ida mutaxassislarning sa'y-harakatlari bilan ayni kunlarda bino mutlaq yangi ko‘rinish kasb etdi.

Kapital qurilish hamda Loyiha ishlari boshqarmalari tomonidan birgalikda mazkur ob'yektning smeta loyiha hujjatlarini tayyorlandi.

Rekonstruksiya ishlari “MGA STAR GOLD” MChJ pudratchi tashkiloti tomonidan olib borildi.

Zamonaviy qiyofaga keltirilgan bino tom qismi, fasad qismi, ichki bino devori, pol qismi to‘liq yangilandi. Hovlilarga bruschatkalar yotqizilib, eshik, derazalar almashtirildi. Binoga 2KTPG rusumli 250kVA transformator punkti o‘rnatildi.

OKMK Texnik tizimlari xavfsizligi xizmati tomonidan videokuzatuv va raqamli tizimi o‘rnatildi. “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan 1800m kvadrat hududga asfalt qoplamasi yotqizildi.

OKMK Tibbiy xizmat boshlig‘i Abdujabbor To‘xtaboyevning ma'lum qilishicha bir kunda ikki smenda ishlaydigan Tibbiy sanitar qismda endilikda 300 kishiga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Yana qo‘shimcha  xolda binoda majlislar zali hamda fitobar tashkil etildi, ishlashga yaroqsiz eski lift o‘rniga zamonaviy lift o‘rnatildi.

Muassasa endilikda 40 mingdan oshiq mehnatkashlar, nafaqadagi xodimlar va faxriylarga beminnat va turli tushunmovchiliklarsiz xizmat ko‘rsata oladi.

Bino nafaqat shinam va yorug‘ xonalar balki raqamlashgan eng so‘nggi uslubdagi uskunalar bilan ham ta'minlanadi. Xususan, mazkur muassasa zamonaviy raqamli rentgenologiya, flyurografiya, ultratovush, aniqligi juda past apparatlar o‘rniga kardiologiya, qon tomir, bosh miyadagi o‘zgarishlarni yuqori darajada aniqlovchi uskunalar, kompleks tashxis qo‘yuvchi ya'ni lor kombayni,  raqamli endoskopiya kabi apparatlar bilan ta'minlanadi. 

Ahamiyatlisi, markazlashgan axborot almashinuvi va nazorat bazasiga ega bino uchun elektr energiyasi to‘liq quyosh batareyalari orqali yetkaziladi. Shuningdek, ishchilar uchun xizmat qiladigan 30 o‘rinli zamonaviy stasionar shifoxona ham foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.  

Yana bir muhim jihati OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tibbiy sanitar qismi endilikda Sog‘liqni Saqlash Vazirligi talabiga asosan raqamli poliklinikaga aylantiriladi.

Axborot xizmati 

Bo`lishmoq:
Text to speech