"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha komissiyasi tomonidan 21-oktyabr - Oʻzbek tili bayrami kuni va “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligining 36 yilligiga bag‘ishlab tarkibiy boʻlinmalarda maʼrifat soatlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 10 oktyabr kuni Texnologik transport boshqarmasida oʻtkazilgan navbatdagi maʼrifat soatida badiiy kutubxona xodimlari G.Oʻrazbaeva, M.Omonova va OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha komissiyasi raisi U. Amanovlar ishtirok etishdi.
Tadbir mehmonlari O‘zbek tilining jamiyatdagi o‘rni, uning davlat mustaqilligi bilan bog‘liq ahamiyati va tilni saqlab qolish zarurati haqida so‘z yuritishdi. O‘zbek tili davlat tili sifatida mustahkamlanib, rasmiy idoralar va davlat boshqaruvi tizimida o‘zining nufuzini oshirganligi, uning sofligini asrab-avaylashimiz zaruruligi taʻkidlandi.
Darhaqiqat, bugun Oʻzbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʻllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda.
Bahriddin Usvaliyev,
TTB Yoshlar ittifoqi raisi