• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Tilda, fikrda, ishda birlik”

26 Yanvar 2024, 8:33 374

Ayni kunlarda "Olmaliq KMK" AJ Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tashabbusi bilan barcha tarkibiy bo‘linmalarida "Tilda, fikrda, ishda birlik" shiori ostida "Ma'naviyat soat"lari tashkil etilmoqda.

...Tarixdan ma’lumki Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uygʻoq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san’at namoyandalari, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqishgan.

Mamlakatimiz oʻz taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur.

Ma’rifatparvar jadidchi bobolarimizning “Tilda, fikrda, ishda birlik” gʻoyasini keng targʻib qilish orqali mehnat jamoalarida vatanparvarlik, sadoqat va fidoyilik tuygʻularini kuchaytirish lozim.

Ushbu fikr-mulohazalar 2-Mis boyitish fabrikasida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni oʻtkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishi 2024-yil 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigilishida berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida tadbir tashkil etilgan ma’naviy-marifiy tadbirda bildirildi.

"Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili" munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida “Yangi Oʻzbekiston — yoshlar mamlakati!” mavzusida tashkil etilgan tadbirda OKMK bosh muhandisining Ilm-fan boʻyicha oʻrinbosari, texnika fanlari doktori, professor Abdurashid Hasanov, 2-MBF direktori Hasan Miraxmedov, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya raisi Feruza Bazarovalar ishtirok etishdi.

Tadbirda globallashuv davrida yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi oʻta murakkab sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning oʻrni va ahamiyati tobora ortib borayotgani ta`kidlandi. Vatan himoyasi degan tushunchani oliy burch va qadriyatga aylantirish, har bir Oʻzbekiston fuqarosi, har bir yosh qalbida Ona vatanga sadoqat bilan xizmat qilish va himoya qilishga doim tayyor turish hissini uygʻotish zarurligi aytildi.

Bu kabi man'aviyat soatlari Shaxtaqurilish boshqarmasi, Uch-quloch koni, Yoshlik-1 koni direksiyasi, Kovuldi koni, Issilqlik Elektr markazi, Rux zavodi, Sanoat temir yoʻl transporti boshqarmasi kabi tarkibiy bʻolinmalarda ham oʻtkazildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech