• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tilga e'tibor - elga e'tibor

14 Oktyabr 2022, 12:17 2179

1989-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun xalqimizning mustaqillik uchun qo‘yilgan dastlabki qadami bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qonunning 1-moddasi va Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlanishi ham belgilab qo‘yilgan.

Ushbu fikr-mulohazalar Rux zavodi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Tilga e'tibor - elga e'tibor” mavzusidagi tadbirda bildirib o‘tildi.

Tadbirda OKMK badiiy kutubxonasi kutubxonachilari G.Urazbayeva va M.Omonovalar ishtirok etishib,  o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa'y-harakatlar xususida ma'ruza qilishdi.

Tilimizni e'zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma'naviy burchimiz bo‘lib qolishiga e'tibor qaratildi.

O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarurligi hamda har birimizdan tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etishi ta'kidlandi.

D.Yunusov,

Rux zavodi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech