• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tilsiz yov loqaydlikni kechirmaydi

05 Dekabr 2023, 9:21 289

OKMKning 2023-yil 14-noyabrdagi “Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish” to‘g‘risidagi 3210-sonli farmoyish talablari ijrosini ta'minlash maqsadida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida yong‘in xavfsizligi profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, kuni kecha birlashmada Chirchiq shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi va “Chirchiqshahargaz” korxonasi bilan hamkorlikda ishchi-xodimlar ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in xavfsizligi xizmati va birlashma yong‘in xavfsizligi xizmatining  o‘t o‘chirish ekipaj a'zolari ko‘rgazmali mashg‘uloti bilan ishtirok etishdi.

O‘quv mashg‘uloti davomida soha mutaxassislari yong‘inning oldini olishga doir o‘tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari haqida tushuntirishlar berishdi. Yong‘inning paydo bo‘lish sabablari, birlamchi o‘t o‘chirish vositalarining ishlatilish tartibi, yong‘in o‘chirish mashinasi va undagi jahozlar, o‘t o‘chiruvchi xodimlar himoya kiyimi to‘g‘risida ma'ulmotlar taqdim etishdi. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lganda dastlab nimalarga e'tibor qaratish zarurligi haqida to‘xtalishib, hayotiy misollar orqali kerakli ma'lumotlar berishdi.

Bundan tashqari, uy sharoitida, ishxonada, kundalik hayotimizda is gazidan zaharlanish kabi favqulodda holatlarning oldini olish borasida ham tadbir ishtirokchilariga tegishli tushunchalar berildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech