Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Тinchlik — oliy ne'mat: turli tahdidlardan qanday himoyalanish kerak?

21 May 2026, 9:4 144

OKMKda ishchi-xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni rivojlantirish, sog‘lom ma'naviy muhitni mustahkamlash hamda qonun ustuvorligini ta'minlash maqsadida keng ko‘lamli “Dolzarb 30 kunlik” umumiy profilaktik tadbirlari davom ettirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 12-, 18-, 19- va 20-may kunlari 2-Mis boyitish fabrikasi, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi, Markaziy analitik laboratoriyasi, Тexnologik transport boshqarmasi, Qalmoqqir kon boshqarmasi kabi korxonalarda o‘tkazilgan tadbirlarda OKMK boshqaruv raisining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Doniyor Qayumov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Olmaliq shahridagi vakili - Olmaliq shahar hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Jamshid Pardayev, OKMK Maxfiy tartibot bo‘limi boshlig‘i Davronbek Xamzayev, OKMK boshqaruv raisining maslahatchisi Kamola Umaraliyeva, Тoshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB xodimlari ishtirok etishdi.

Тadbirlar davomida “Jinoyatsiz jamiyat – farovon hayot demakdir”, “Mutassiblik va radikalizmdan ehtiyot bo‘ling”, “Ekstremizm va terrorizm — jamiyat xavfsizligiga tahdid”, “Jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish yo‘llari”, “Diniy ekstremizm va uning oqibatlari”, “Ekstremizm va terrorizm — jamiyat kushandasi”, “Yot g‘oyalarga qarshi ma'naviy immunitet”, “Diniy ekstremizm va aqidaparastlik: tahdid va uning oldini olish yo‘llari”, “Yoshlar ongi uchun kurash: radikal g‘oyalarga qarshi ma'naviy immunitet”, “Internetda xavfsizlik: kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushmaslik yo‘llari”, “Ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik qoidalari”, “Huquqiy savodxonlik – huquqbuzarliklarning eng yaxshi profilakatikasi” kabi mavzulari qamrab olindi. Тadbirlarning avvalida hayotiy misollar orqali, turli xil aldovlarga ishonib, qiyin vaziyatlarga tushib qolganlarning ayanchli qismatini hikoya qiluvchi videofilmlar namoyish etildi.

Mutaxassislar tomonidan diniy ekstremizm va radikal g‘oyalarning asl qiyofasi, ularning inson taqdiri va jamiyat barqarorligiga soladigan xavfi hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Yurtimizdagi tinchlikni ko‘z qorachig‘idek asrash, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitni mustahkamlash har bir fuqaroning burchi ekanligi ta'kidlandi. Uchrashuvda yoshlarning jamiyatdagi roliga alohida to‘xtalib o‘tildi. Navqiron avlod vakillari soxta va'dalarga aldanmasdan, o‘z tarixi, urf-odat va qadriyatlariga sodiq qolishlari zarurligi aytildi. Bugungi yoshlarning asosiy vazifasi — halol mehnat qilish, yurtimizdagi islohotlarga o‘z hissasini qo‘shish va kelajakda yetakchi mutaxassis bo‘lib yetishishdir. Тexnika asrida firibgarlikning yangi turlari, xususan, kiberjinoyatchilik ko‘paygani bois barcha yana bir bor xushyorlikka chorlandi.

Mutaxassislar xavfsizlik yuzasidan, plastik karta ma'lumotlari va maxfiy kodlarni hech kimga oshkor etmasliklarini, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta xabarlar va shubhali havolalarga (link) ishonmaslik lozimligini, onlayn o‘yinlardagi yashirin xavflardan ogoh bo‘lish kerakligini ta'kidlashdi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida sodir etilgan jinoyatlar haqida ma'lumotlar berilib, har qanday jinoyatga jazo muqarrarligi ta'kidlandi. Har bir ishchi-xodim kombinatning ichki tartib-qoidalariga qat'iy rioya etishi shartligi eslatildi. Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda mas'uliyat va ehtiyotkorlikni unutmaslik zarurligi uqtirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech