Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joriy etilayotgan raqamlashtirish bois yuqori samaradorlikka erishilmoqda. So‘zlarimiz isbotini Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi Axborot texnologiyalari xizmati Axborot tizimlarini ishlab chiqish bo‘limi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan o‘lchov vositalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun elektron arizalarni qabul qilish axborot tizimi misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur axborot tizimi bir qator afzalliklarga va qulayliklarga ega. Jumladan, tizim arizalarni elektron shaklda yuborish va ta'mirlash uchun yuborilgan texnik o‘lchov vositalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning joriy holatini monitoring qilish imkonini beradi. Axborot tizimi arizalarni shakllantirish shakliga ko‘ra ikki xil modulga bo‘linadi.
Bular:
1. Korxonalarda oldindan kiritilgan jadval asosida arizalar tizim tomonidan elektron shaklda yaratilib yuboriladi.
2. Korxonalarda nazorat texnik o‘lchov vositalariga ma'sul shaxs tomonidan ariza elektron shaklda yaratilib yuboriladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish turiga qarab nazorat texnik o‘lchov vositalariga, ular o‘rnatilgan joyda xizmat ko‘rsatish hamda texnik o‘lchov vositalarini ta'mirlash uchun ma'sul korxonaga yuborish uchun ariza jo‘natish mumkin.
- Arizalar yuborilishi bilan qisqa fursatlarda tizimda ishlayotgan operatorlar tomonidan arizalar ko‘rib chiqiladi, - deydi IChAB Uskunalarni ta'mirlash guruhi boshlig‘i Sherzod Tursunov. - Arizalarning to‘g‘ri to‘ldirilganligi, texnik o‘lchov vositalari ma'lumotlari to‘liqligi tekshiriladi va barchasi to‘g‘riligi tekshirilgach texnik xizmat ko‘rsatish uchun arizalar qabul qilinadi. Texnik o‘lchov vositalari texnik xizmat ko‘rsatilishi uchun yetib kelgach, ularning arizada keltirilgan o‘lchov vositalari ekanligi tekshiriladi va shundan keyin ularni ta'mirlash uchun qabul qilinadi. Qabul qilingan nazorat texnik o‘lchov vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga operator tomonidan tizim orqali taqsimlanadi. Har bir xizmat ko‘rsatuvchi xodim o‘ziga biriktirilgan texnik o‘lchov vositasini tizim orqali ko‘rishi va xizmat ko‘rsatish uchun uning ma'lumotlarini qabul qiladi. Texnik o‘lchov vositasi holatiga ko‘ra texnik xizmat ko‘rsatadi. Texnik xizmat ko‘rsatish yakunlangach esa tizimga bajarilgan ishlar ro‘yxati kiritiladi hamda texnik xizmat ko‘rsatish yakunlanganligi haqida ma'lumot kiritadi. Texnik o‘lchov vositasiga texnik xizmat ko‘rsatilgach texnik sozligini tekshirish uchun metrologiya tekshiruviga o‘tkaziladi. Metrologiya tekshiruvidan o‘tgan texnik o‘lchov vositalariga to‘liq xizmat ko‘rsatilgan xisoblanadi. Arizada keltirlgan barcha texnik o‘lchov vositalarining hammasiga texnik xizmat ko‘rsatishning barcha bosqichlari tugagach, ariza yopiladi. Ariza beruvchi tizim orqali yuqorida keltirilgan barcha jarayonlarning bajarilishini bevosita kuzatishi mumkin bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati ham ushbu tizim tomonidan hisoblanadi va dalolatnoma sifatida avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Elektron tizimning asosiy xususiyatlari quyidagilaridan iborat.
Elektron shaklda ariza berish, o‘lchov vositalari uchun javobgar bo‘lgan foydalanuvchilarning autentifikatsiyasi bitta Active Directory ma'lumotlar bazasi yordamida amalga oshiriladi. Ariza shakli tizimda avtomatik ravishda shakllantiriladi. Shundan so‘ng, u operatorga uzatiladi. Operator javobgarlarni tayinlaydi va ish hajmini ularni bajarish uchun ijrochilarga topshiradi.
Bajarilgan ishlar dalolatnomasining shakli qurilmalarni ta'mirlash va tekshirishdan so‘ng avtomatik ravishda shakllanadi va elektron tarzda Directum orqali rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, qurilmalar tarixi yagona ma'lumotlar bazasida saqlanadi.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur tizimning joriy etilishi, ovoragarchiliklarning oldini olib, vaqtni tejaydi va qog‘oz sarfini keskin kamaytiradi.
Axborot xizmati