• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tojik-Xitoy kon sanoati kompaniyasi bilan hamkorlik

07 May 2022, 13:49 1346

Kuni kecha OKMK rahbariyati hamda “Tojik-Xitoy kon sanoati kompaniyasi” MChJ vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur korxona kombinat bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib 2021 yilda 1,6 ming tonna mis kuporosini kombinatdan xarid qilgan.

“Tojik-Xitoy kon sanoati kompaniyasi” MChJ bosh direktori Li Yao Xuey boshchiligidagi delegasiya vakillari hamda kombinat rahbariyati o‘rtasidagi uchrashuvda 2022 yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, joriy yilda 31,5 ming tonna rux konsentratini yetkazib berish bo‘yicha hamda 5,2 mln dollarlik mahsulotlar eksport bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Mazkur shartnomaga ko‘ra, kombinat tomonidan ushbu korxonaga rux kuporosi va mis kuporosi yetkazib beriladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech