"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda tashrif buyurib, kombinat boshqaruv raisi Abdulla Xursanov bilan bilan sanoat sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha fikr almashishdi.
Elchi janoblari qardosh o‘zbek va tojik xalqlarining farovon hayot kechirishini ta'minlash maqsadida do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirishda muhim o‘ringa ega ekanligini ta'kidladilar.
Tashrif doirasida Abdujabbor Rahmonzoda kombinatda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
OKMK Axborot xizmati