• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

PIZA universitetining Toshkent filiali rahbariyati bilan uchrashuv

28 Iyul 2022, 11:8 1654

Joriy yilning 26 iyul kuni Toshkent shahrida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O’quv markazi va Italiyaning Piza universitetining Toshkent shahridagi filiali mas'ullarining o’zaro uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirda universitet filiali ijrochi direktori Numonbek Dalimov, o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Sayfulla Romanov, kombinat tomonidan o'quv markazining yetakchi muhandisi Ulug'bek Igamberdiyev va ijro apparati bosh geologi o'rinbosari Abror Yuldashevlar ishtirok etishdi.

Yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda geologlar va kon-metallurgiya sanoati mutaxassisliklari uchun malaka oshirishni tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Barcha ishlar Yevropa xalqaro standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Kelgusida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolanishi ham rejalashtirilmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech