• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Toshkent viloyati Xitoy bilan hamkorlikda yangi loyihalar sari qadam qo‘ymoqda

03 May 2024, 8:6 287

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va OKMK rahbari Abdulla Hursanov Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon Tyanjin savdo palatasi raisi Lin Qing boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Xitoy delegatsiyasi tomonidan viloyatda misni qayta ishlash orqali tayyor mahsulot olish, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi loyihalar taklif etildi.

Zoyir Mirzayev Xitoyda mashinasozlik sohasi ilg‘or darajada rivojlanayotgani xususida taʼkidlab, avtomobillarga ehtiyot qismlari ishlab chiqarish, shuningdek, viloyatning tog‘li hududlarida choy plantatsiyalarini tashkil etish, choyni qayta ishlash yo‘nalishlarida hamkorlik qilish takliflarini ilgari surdi. 

Shuningdek, Nurafshon shahrida xalq tabobati rivojlangan Xitoy tajribasi asosida ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini bunyod qilish, Parkent, Bo‘stonliq, Yangiyo‘l tumanlarida esa uzumchilik plantatsiyalaridan foydalangan holda, vinochilikni hamda gastronomik turizmni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. 

Tomonlar oʻrtasida kelgusida mazkur yo‘nalishlar boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi.

Manba: toshkentviloyati.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech