Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Superliganing 22-turida “Jar” stadionida “Bunyodkor” mehmoni bo’lgan AGMK muhim g’alabaga erishdi.
Uchrashuv startida jarima zarbasini ijro etgan jamoamiz standart vaziyatidan unumli foydalandi. G’iyosovning uzatmasini Papava aniq zarbasi bilan golga aylantirdi va yakunda ushbu gol jamoamizga qimmatli 3 ochkoni taqdim qildi.
Ushbu g’alabadan keyin to’plagan ochkolarimiz soni 35taga yetdi va jadvalda 4-o’ringa ko’tarildik.
Kelgusi o’yin 26-oktabr kuni Olmaliqda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi kechadi.
Superliga. 22-tur
19-oktabr, chorshanba
BUNYODKOR — AGMK 0:1
Toshkent. "Jar" stadioni. 1033 tomoshabin
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Obid Jumayev, Jasur Rustamov, Ibrohim Ismoilov
VAR hakami: Rustam Lutfullin
AVAR hakami: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Nazoratchi: Temur Abdullayev
Komissar: Shohruh Said
Gol: Giorgi Papava, 7 (0:1)
"Bunyodkor": Suhrob Sultonov, Mahmudjon Mahamadjonov, Davronjon Ergashev, Jasurbek Yoqubov, Akbarjon Ismatullayev (Rasul Yo‘ldoshev, 42, Dimitriye Pobulich, 80), Fransis Narh (Abdulloh Omonaliyev, 63), Jasur Hakimov, Umarali Rahmonaliyev, Suhrob Izzatov (Avazbek O‘lmasaliyev, 63), Ibrohim Tomiva (Umid Sultonov, 46), Jahongir O‘rozov
AGMK — Botirali Ergashev, Sardor Rahmonov, Anzur Ismoilov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Abdulla Abdullayev, Xurshid G‘iyosov (Muhammadanas Hasanov, 90+4), Giorgi Papava, Sanjar Tursunov (Akramjon Komilov, 82), Shohruh Gadoyev, Siyavash Haqnazari (Alisher Jalilov, 82), Mirjahon Mirahmadov (Martin Boakye, 46)
Ogohlantirishlar: Avazbek O‘lmasaliyev, 70 — yo‘q
O`yindan so`ng AGMK jamoasi bosh murabbiysi Mirjalol Qosimov uchrasuv haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirib o`tdi: “Kerakli va muhim o’yin edi biz uchun. Uchrashuvni nazoratimiz ostida o’zimiz istagandek o’tkazdik. Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Muhim va qimmatli 3 ochkoni qo’lga kiritdik. Maqsadimiz OCHL yo’llanmasini qo’lga kiritish. Bugun jamoamiz yaxshi o’ynadi, jamoaviy kombinatsion futbol ko’rsatdik. Ammo ko’plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Avvalgi o’yinlarda ham yaratilgan imkoniyatlarni golga aylantirishda oqsagandik. Shunga qaramasdan kichik hisobdagi g’alaba bilan muhim 3 ochkoga ega bo’ldik. O’yin uchun yigitlarga va muxlislarimizga qizg’in qo’llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman.
Muhammadanas Hasanov mashg’ulotlarda sidqidildan shug’ullanmoqda. Unga hech qanday e’tirozim yo’q. Asosiy tarkibga kirishi uchun raqobat qilmoqda, agarda shu tariqa ishlasa, unga ham imkoniyat beriladi. Faqat ishlash kerak va sabr.
Tarkibda hech kimga joy kafolatlanmagan. G’iyosovning o’yinida pasayish bo’layotganini o’ziga ham aytdim. Bu tabiiy hol. Chunki raqiblar ham uning harakatlarini o’rganishadi va zararsizlantirishga intilashadi. Unga ko’proq imkoniyat berishimning sababi Xurshid to’p bilan muomula qilishda va uni nazorat qilishda yaxshi harakatlanib, Gadoyev va Cia bilan o’zaro o’yinda bir-birini yaxshi tushunib harakatlanadi”.
AGMK FK matbuot xizmati