"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 10-oktyabr kuni Toshkent shahrida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va BSG kompaniyasi hamkorligida Xalqaro konchilik sammiti boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda togʻ-kon sanoati korxonalarining texnik rahbarlari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari, servis kompaniyalarining top-menejerlari, hamda davlat boshqaruv apparati, ixtisoslashtirilgan institutlar va konsalting kompaniyalardan soha ekspertlari ishtirok etishdi.
Sammit doirasida togʻ-kon sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, raqamli yechimlar va yashil texnologiyalarni joriy etish, yangi konlarni oʻrganish va xom ashyoni qayta ishlashning innovatsion usullarini joriy etish hamda sohani rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari mavzulari muhokama qilindi.
Tadbirda "Olmaliq KMK" AJ bosh muhandisining mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Joʻrayev "Yer osti va ochiq kon ishlarida xavfsizlik" mavzusida ma'ruza qilar ekan, ishlab chiqarish jarayonlarida avariyalarning oldini olish va xodimlarning sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. Shu bilan birga, xavfli hududlarda xatarlarni minimallashtirish, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish uchun zamonaviy monitoring va avtomatlashtirilgan texnologiyalardan foydalanish naqadar muhimligini ta'kidladi.
Sammitning asosiy mavzularidan biri togʻ-kon sanoatiga xos boʻlgan murakkab ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish orqali texnologiyalar samaradorligini oshirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish hamda xodimlar uchun xavfsiz va qulay ish sharoitini yaratish boʻldi.
Ushbu xalqaro sammit togʻ- kon sanoatining asosiy muammolari va imkoniyatlarini muhokama qilish hamda kompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun muhim maydonga aylandi.
Axborot xizmati