"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Har qanday korxonada saqlanadigan tovar-moddiy boyliklarining hisobini to‘g‘ri yuritish kelgusida noxush holatlarning oldini olishi shubhasiz. Agarda tovar moddiy boyliklarni hisobini o‘rnatilgan tartib bo‘yicha yuritish ishlari olib borilmasa, albatta kamomadga yo‘l qo‘yish, oxir oqibat javobgarlikka ham sabab bo‘lishi tayin.
Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida bunday holatlarning oldini olish maqsadida OKMK rahbariyati tashabbusi bilan moddiy tovar boyliklarini saqlanishi bo‘yicha mas'ul rahbarlar, buxgalterlar, omborchilar uchun amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
E'tiborlisi, ushbu seminar, tashqi audit davomida namunali deb topilgan Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining 3-temiryo‘l sexi omborxonasida o‘tkazildi.
Mazkur omborxonada seminar ishtirokchilari tovar-moddiy boyliklarini hisobini to‘g‘ri yuritish, ularning nomenklatura raqami, narxi, qanday saqlanishi, elektron kartasi bilan yaqindan tanishishdi.
Tasdiqlangan jadval bo‘yicha o‘quv amaliy seminari barcha tarkibiy bo‘linmalar uchun o‘tkaziladi. Seminar auditor Ayderbek Ahmedov tomonidan olib borilmoqda.
Axborot xizmati