"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ayol kishiga avvalo yashayotgan uyining ostonasi va oshxonasining ozodaligiga qarab baho berishadi. Biz hayotimizning ko‘p vaqtini ishxonada o‘tkazar ekanmiz, ishxonamizni hech ikkilanmasdan ikkinchi uyimiz desak bo‘ladi. Ozodalik, sarishtalik hukm surgan joyda baraka ham bo‘ladi. Shunday ekan o‘zimiz mehnat qilayotgan joyning tozaligini saqlash rahbariyatimiz yaratib bergan shart-sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish har birimizning qo‘limizda.
Bugungi kunda Mis boyitish fabrikasida ish faoliyatini olib borayotgan tozalik posbonlarining umumiy soni 72 nafarni tashkil etib, ulardan 25 nafari ishlab chiqarish xonalari farroshlari, 47 nafari esa hammom ishchilari hisoblanadi.
Joriy yilning 6-fevral kuni fabrikaning tozalik posbonlari uchun Olmaliq shahar Sanitar-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i Feruza Fozilmatova ishtirokida "Korxonada yuqumli kasalliklar kelib chiqishini oldini olish, dezinfeksiya tadbirlari, yuvinish xonalarini tozalashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar" mavzusida amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.
Mutaxassis tomonidan ish joylarini toza tutish, gigiyenik talablarga qat'iy rioya qilish, yuvinish xonalarini ozod saqlash kabi masalalar bo‘yicha to‘liq ma'lumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha eslatma, tarqatma materiallar taqdim etildi.
Malohat Dostova,
MBF xotin-qizlar va gender tenglik maslahat kengashi raisi