Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kuni kecha Zoom platformasi orqali Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari A.Azizov va kombinatning axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislari Plug&Play Uzbekistan kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida 7ta kompaniya bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.
Uchrashuvlarda Software AG kompaniyasining TrendMiner dasturiy mahsuloti o‘rganildi.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki TrendMiner dasturiy mahsuloti uskunalardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, energiya sarfini kamaytirish, prediktiv tahlil orqali uskunalar buzilishini oldini olish kabi imkoniyatlarni beradi.
Taklif etilgan tizim bo‘yicha xorijiy tashkilotlar tajribasi va natijalari o‘rganilib, qo‘shimcha muhokamalar o‘tkazishga kelishib olindi.
Ma'lumot uchun: «Plug and Play» – startaplar, korporatsiyalar, venchur kapital firmalari, universitet va davlat idoralarini birlashtiruvchi yetakchi innovasion platforma. «Plug and Play» kompaniyasi besh qit'ada 40 dan ortiq manzillarda faoliyat yuritadi, bosh ofisi esa Silikon vodiysida joylashgan. Korporativ innovasion dasturlarni taklif qilgan holda korporativ hamkorlariga innovasion yo‘nalishlarining har bir bosqichida, ta'limdan tortib to amalda tadbiq etishgacha ko‘mak ko‘rsatadi. Shuningdek, startap-akseleratorlarini ishga tushirish barobarida turli sohalarga innovasiyalarni tadbiq etish maqsadida o‘z venchur fondini tashkil qilgan. Natijada Dropbox, Guardant Health, Honey, Lending Club, N26, PayPal va Rappi kabi yuzlab muvaffaqiyatli kompaniyalarga sarmoya kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Axborot xizmati