• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Trest jamoasi kasb bayramini nishonladi

14 Avgust 2023, 13:18 391

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalari orasida “Olmaliqmetallurgqurilish” trestining alohida o‘rni bor. Sababi, nafaqat OKMKdagi, balki Olmaliq shahridagi bunyodkorlik ishlarida korxona ishchi-xodimlarining mehnatlari beqiyos.

“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ishchi-xodimlarining mehnatlarini e'tirof etish hamda avgust oyining ikkinchi yakshanbasi - O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan trest mehnat jamoasi uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram dasturi davomida korxona rahbariyati quruvchilarga samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi. Tadbirda bir guruh faol quruvchilar turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, Faxriy Yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti uchastkalarida faoliyat olib boruvchi 20 ta uchastkaga mikroto‘lqinli pech, 10 nafar xodimga pishiriq pechi hamda tashakkurnomalar berildi.

Ishchi-xodimlarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida "Metallurg" madaniyat saroyining bir guruh ijodkorlari o‘zlarining kuy-qo‘shiq va raqslari bilan xizmatda bo‘lishdi.

Obid Sarkayev,

Trest kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech