Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan "Xavfsiz va sog‘lom ishlab chiqarish muhiti - mehnat sohasining eng muhim tamoyil va huquqidir" shiori ostida bir qator tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, sana munosabati bilan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisida seminar tashkil etildi.
Unda OKMK mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi sohasi vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida qisqa kirish yo‘riqnomasi o‘tildi. Shundan so‘ng, mutaxassislar tomonidan 3-Mis boyitish fabrikasi va uning qurilish jarayoni bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, va viderolik namoyish etildi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki bugungi kunda 3-MBFni qurish jarayonida 13 000ga yaqin ishchi-xodim ishtirok etayapti, qurilishga 1000dan oshiq texnika vositalari jalb etilgan. Bu kabi yirik loyihani amalga oshirishda esa albatta, har bir ishchi-xodim xavfsizlik texnikasiga rioya etishi lozim. Xavfsiz mehnat sharoitini ta'minlash maqsadida xorijiy kompaniyalarning vakillari ham taklif etilgan.
Tadbir davomida bir guruh faol soha xodimlari rag‘batlantirildi.
Seminarning nazariy qismidan so‘ng, ishtirokchilar aynan qizg‘in qurilish jarayoni ketayotgan maydonga borishdi. Qurilish jarayoni bilan tanishish asnosida ishtirokchilar bunyodkorlarning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga qay darajada amal qilishayotganliklarini kuzatishdi.
Bu kabi targ‘ibot tadbirlari mehnat muhofazasi sohasidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etishi hamda soha vakillarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishi shubhasiz.
Axborot xizmati