YURIDIK ХIZMAT KOʻRSATISH MARKAZLARI MAKTAB, BOGʻCHA VA POLIKLINIKALARGA ХIZMAT KOʻRSATISHNI BOSHLAYDI
24 Mart 2022, 14:37
1385
Prezidentning 18.03.2022 yildagi “Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 173-son qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich yuridik хizmat koʻrsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik хizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) boʻlinmalariga yuridik хizmat koʻrsatiladi:
- boʻlimlar
- mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi;
- qishloq хoʻjaligi boʻlimi;
- turizm va madaniy meros boʻlimi;
- sportni rivojlantirish boʻlimi;
- oila va хotin-qizlar boʻlimi;
- davlat soliq inspeksiyasi;
- aholi bandligiga koʻmaklashish markazi;
- umumiy oʻrta ta’lim maktablari;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik хizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) boʻlinmalari qamrab olinishi reja-grafigi;
- Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi".
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Adliya vazirligi bilan birgalikda:
- 2022 yil 1 mayga qadar “E-huquqshunos” elektron tizimini teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida Sall-markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
- 2022 yil 1 avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalarini “E-huquqshunos” elektron tizimiga shartnoma asosida ulash;
- bosqichma-bosqich davlat umumiy oʻrta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni ushbu tizimga bepul asosda ulash topshirildi.
Manba: norma.uz