• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sohadagi raqamlashtirish yiliga 7 milliard so‘m mablag‘ni tejaydi

07 Dekabr 2023, 9:40 911

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yuqori mehnat samaradorligiga erishilayapti. Ayniqsa, transport sohasiga so‘nggi yillarda raqamlashtirishning joriy etilishi iqtisodiy samara bermoqda.

Xususan, 2023-yil boshida avtotransport va logistikani boshqarishning axborot tizimi joriy etildi. Bu esa kombinatda avtotransport texnika boshqaruvini 10 foizga sezilarli darajada oshirdi. Bundan tashqari, qog‘oz shakldagi yo‘l varaqalari, ma'lumotnomalar va hisobotlar 70 foizga optimallashdi. Natijada yiliga 7 milliard so‘mni tejash imkoniyatiga erishildi.

Kuni kecha dispetcherlarning mehnat jarayonini yanada muvofiqlashtirish hamda tizimni yanada takomillashtirish doirasida OKMK boshqaruv raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari v.b. A. Nadirov tomonidan Atomobil transporti boshqarmasi xodimlari bilan o‘rganish va tahliliy ishlar amalga oshirildi.

Axborot tizimini optimallashtirish bo‘yicha barcha taklif va tavsiyalar o‘rganildi. Moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini elektron shakllantirishda qo‘shimcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha vazifalar belgilanib olindi.

Ta'kidlash mumkinki, raqamli yechimlarni joriy etish nafaqat jarayonlarni optimallashtiradi, balki korxonada transport va logistika menejmenti tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech