• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

TTB da bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazildi

05 Avgust 2022, 14:49 2926

Joriy yilning 2 avgust kuni OKMK Texnologik transport boshqarmasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish uchun navbatdagi sinov jarayonlari o‘tkazildi.

BelAZ samosvali haydovchisi va g‘ildirakli buldozer haydovchisi kabi bo‘sh ish oʻrinlari uchun hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi. Talabgorlar tomonidan elektron manzilga jami 236 rezyume kelib tushdi.

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov rahbarligida o‘tkazilgan tanlovning nazariy va amaliy bosqichida ishtirok etish uchun dastlabki saralash natijalariga ko‘ra 17 nafar nomzod tanlab olindi.

Sinovlarni imkon qadar ochiq va oshkora tashkil etish va o‘tkazish maqsadida jarayonda OKMK ning malakali mutaxassislaridan iborat maxsus tanlov komissiyasi ishtirok etdi. Tanlov jarayonlari videokuzatuv ostida o‘tdi.

Ikki bosqich yakunida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan munosib nomzodlar tanlab olindi. Saralab olingan nomzodlar tegishli sohalarda texnologik transport bo‘limiga ishga joylashish uchun tavsiya etiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech