• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

TTB: kecha va bugun

04 Iyul 2025, 9:57 143

Transport sohasi shaksiz zamonaviy ishlab chiqarishning ajralmas bir qismiga aylangan, aynan u yuklarning olis masofalarga, yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazilishini ta'minlaydi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining avtotransport tizimi yirik sanoat korxonasi bilan bir nafasda shakllanib rivojlanib bordi.

Avtomobil transporti boshqarmasi tashkil topganligining 60 yilligiga ayni kunlarda keng tayyorgarlik ketmoqda. 2020-yil 10-avgustida ATB qayta tashkil etilishi bilan “Olmaliq KMK” AJ tarkibida ikkita mustaqil bo‘linma - Avtomobil transporti va Texnologik transport boshqarmalarining tashkil etilishi texnologik hamda xo‘jalik yuklarini tashish, mehnatkashlarga transport xizmatini ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqdi.

Texnologik transport boshqarmasi tarkibida 1-4-sonli transport sexlari, Kon ishlarini mexanizatsiyalash sexi, Texnologik transportni ta'mirlash sexi, kon avtoyo‘llarini saqlash va ta'mirlash bo‘yicha uchastkasi faoliyat yuritadi.

Boshqarma tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1965-yilda ATB mustaqil xo‘jalik obyekti sifatida tashkil etilib, uning tarkibi “Qo‘rg‘oshinkon”, “Qalmoqqir” koni, “Oltin topkan” konchilariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda xo‘jalik yuklarini tashishga ixtiso slashgan avtobazalardan iborat bo‘lgan. Dastlabki yillarda ma'danlarni tashish ishlariga yuk ko‘tarish quvvati 25 tonnani tashkil etuvchi “MAZ-525” o‘zi ag‘daruvchi avtotransportlardan foydalanilgan, xo‘jalik yuklarini eltish ishlariga “KrAZ-219”, “KrAZ-222” avtomashinalari safarbar etilgan. 1980-yillarga kelib yuk ko‘tarish quvvati 75 tonnani tashkil qiladigan “BelAZ” avtomobillari kon tashuv ishlariga keng joriy etila boshlangan. Oradan ko‘p o‘tmay, “BelAZ-75131” avtogigantlari uning o‘rnini egallay boshlagan. Keyinchalik transport boshqarmasi avtotransport parkiga “Terex - 100” avtoo‘ziag‘dargichlari kelib qo‘shildi.

“Yoshlik I” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy dasturi doirasida yuk ko‘tarish quvvati 220 tonnani tashkil etuvchi “BelAZ-75307” avtogigantlari keltirilib konservatsiyadan chiqarilgan holda tog‘ jinslarini tashishga safarbar etila boshlandi. 2024-yilda esa TTBning transport parki yuk ko‘tarish quvvati 236 tonnani tashkil qiladigan 5 ta zamonaviy “KRANTAS NMTE-240” avtoo‘ziag‘dargichlari hisobiga boyidi.

Investitsiyaviy dasturlar ijrosi yo‘lida hamda kombinat rahbariyatining bevosita yordamida turli avtotransport va yo‘l-qurilish texnikalari xaridi amalga oshirildi. Ayni kunga kelib 173 ta karyer avtoo‘ziag‘dargichlari, 162 ta yo‘l-qurilish texnikalari hamda 80 ta xo‘jalik parki avtomashinalariga ega bo‘lib, OKMK obyektlariga avtotransport xizmati ko‘rsatilishi TTB tomonidan yo‘lga qo‘yilgan.

Shu o‘rinda sex va uchastkalarimizda ekspluatatsiyaviy, ta'mir, obyektlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ishlariga rahbarlik qilib kelayotgan 1-Transport sexi boshlig‘i Egam Almatov, 3-TS boshlig‘i Behzod Yusupov, Texnologik transportni ta'mirlash sexi boshlig‘i Iskander Abdullayevlar nomini ta'kidlab o‘tish zarur bo‘ladi.

“Yoshlik I” koni ustki qatlamlarini ochishga safarbar etilgan 3-Texnologik transport sexining faoliyati bugun barchaning diqqat markazida. Ayni kunlarda sex avtotransportchilari 30 ga yaqin kon texnikalari bilan qurollangan holda ustki qatlamlarni olib chiqish ishlarini yuqori sur'atlarda olib bormoqda.

Bundan tashqari, Texnologik transport boshqarmasida “Yoshlik I” va “Qalmoqqir” konlari bazasidagi tog‘-kon transport komplekslari va burg‘ulash - portlatish ishlarini boshqarish tizimidan tajriba-sinov tariqasida foydalanishga kirishildi. Bu tizim barcha avtoo‘ziag‘dargichlar va yo‘l-qurilish texnikalari faoliyati nazoratini to‘liq qamrab olish imkonini beradi. Shu bilan birga tizim orqali transport vositalarining yo‘nalishlarga chiqishi, ob'ektlardagi faoliyati, amalga oshirilgan reyslar miqdor ko‘rsatkichlari, ularning ta'mirga olinishi, ta'mir ishlarining borishi va undan so‘ng o‘z vaqtida yo‘nalishlarga chiqarilishini to‘liq kuzatib borish va faoliyatlari tahlillarini o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, bu tizim ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bo‘limi smena boshliqlarining tezkorlikda qarorlar qabul qilishlarini ta'minlashi barobarida yo‘nalishlardagi qoidabuzarliklarni tezda qayd etib, zarur ta'sir choralarini qo‘llashda o‘ziga xos afzalliklari bilan ajralib turadi.

Ekspluatatsiyaviy ta'mir ishlarining zamonaviy mexanizatsiya uskunalarida olib borilishi, ta'mirlar jadvallariga qat'iy rioya qilinishi, ta'mirlarning moddiy-texnika ta'minoti masalalarining o‘z vaqtida omilkorona yechim topib borishi hamda ob'ektlardagi ishlarning tezkorlikda tashkil etib borilishi boshqarma ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topmoqda. Yilning o‘tgan besh oyi natijalari ham bundan dalolat beradi. Xususan, bashorat ko‘rsatkichlariga ko‘ra, tashuvlar hajmi 23 784,4 ming m3 ni tashkil etishi rejalangan bo‘lsa, amalda bu ko‘rsatkich 24 250,0 ming m3 ni qayd etib, reja 102,0%ga bajarildi. Yo‘l-qurilish texnikalari tomonidan rejalashtirilgan ishlar 106,0% ga ortig‘i bilan uddalandi.

Yuqoridagi natijalar esa TTB jamoasi o‘zining 60 yillik to‘yiga yuqori natijalar bilan kirib borayotganidan dalolat beradi.

Hasan Abdullayev

Bo`lishmoq:
Text to speech