• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Uch avlod uchrashuvi

22 Iyun 2022, 8:46 927

“Ustoz-shogird” anʻanasining qoʻllab-quvvatlanishi yosh avlodni kasbiy mahoratini, tajribasini oshirishda muhim sanaladi. OKMKda ham ushbu anʻana hamisha qoʻllab-quvvatlanadi.

Nodir va rangli metallarni ishlab chiqarish jarayonlari oʻziga xos mashaqqatni talab etadi. Rudadan tayyor mahsulotgacha boʻlgan har bir bosqich bir necha murakkabliklarni oʻz ichiga oladi. Buning uchun mutaxassisdan malaka talab etiladi. Har bir kombinat xodimi uchun esa  faxriylar tajriba maktabi boʻlib xizmat qiladi.

Ana shu tajribani yoshlarga ulashish maqsadida “Mening kombinatim, mening kasbim, mening hayotim” mavzuida  “Muvaffaqiyat asoslari” shiori ostida  kombinat faxriylari va ishchi hodimlarining ilk uchrashuvi tashkil etildi.

2022 yilning 17 iyunь kuni “Metallurg” MSda  tashkil etilgan tadbirda OKMK yoshlar ittifoqi aʻzolari, Qalmoqqir KB, Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi mutaxassislari shuningdek, Olmaliqdagi oliy oʻquv yurtlari filiallari talabalari, kollej oʻquvchilari ishtirok etdi.

Kombinatda dastlabki jarayonlarning qanday amalga oshirilgani, davrning oʻziga xosligi hususida Qalmoqqir KB mehnat faxriysi Saydali Rahmonov hikoya qilar ekan, qoʻl mehnati bilan olib borilgan ogʻir yumushlarning bugungi butkul oʻzgargan qiyofasi yoshlardagi shijoatni yanada oshirishi lozimligini keltirib oʻtdi.  

Tadbir ishtirokchilari shuningdek, MEZ mehnat faxriysi, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni hamda “SHuhrat” medali sohibi, oddiy ishchi Nuriddin Saparovning maktab davrlaridan keyingi ish kunlari xususida tinglashdi.  

MEZning operatori Tanzila Sotiboldieva, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boshligʻi Nasrullo Ergashevlar tomonidan bu kabi uchrashuvlar nafaqat mehnat faoliyatida balki hayotiy saboqlarni olishda ham ahamiyatli ekanligi keltirib oʻtildi.

Kasbiy faoliyatini boshlash ostonasida turgan oʻquvchi talabalar uchrashuv davomida sohaning muhim jihatlari haqida maʻlumotga ega boʻlishdi.

Bilim, malaka va koʻnikma almashinuviga xizmat qiladigan ana shunday davra suhbatlari Faxriylar kengashi hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan turli mavzularda doimiy oʻtkazib borilishi rejalashtirilgan. 

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech