Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Mis boyitish fabrikasi xalqaro kompaniyalar bilan rivojlanish yo‘lida hamkorlik, shu jumladan tajriba sinov loyihalari salmog‘ini yildan-yilga oshirib borayotgan korxonalaridan biridir. Mazkur loyihalardan biri uskunalarning o‘z vaqtida diagnostikasi va nosozliklarining oldini oladigan zamonaviy tahlillar tizimini joriy etish hisoblanadi.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, texnologik uskunaning avariyali ta'miriga ketadigan sarf-harajatlari rejali ta'mirlarga qaraganda 1,5-2 barobarga ko‘pdir, favqulodda to‘xtashlar davomiyligi ham 3-5 marta yuqori, ehtiyot qismlarning 25% dan ortig‘i omborxonalarda 2 yil va undan ortiq muddatda saqlanadi. Shuningdek, rejali ta'mirlarning 40% dan ko‘p turlari ortiqcha hamdir.
Bugungi kunga kelib OKMK mutaxassislari va «PROMPRIVOD» MChJ bilan hamjihatlikda uskunalarning onlayn monitoringi statsionar tizimi tajriba-sinov rejimida ishga tushirildi.
Mis boyitish fabrikasi Yanchish va maydalash bo‘limi MMPSI uskunasi reduktorida diagnostika o‘tkazilib IDM-Standard javoni, 4 ta tezlashtiruvchi datchik va harakatli aylanish tezligi datchigi o‘rnatildi.
Tizim eng muhim uskunasi ishini monitoringini uzluksiz ravishda olib boradi va nosozliklarni boshlang‘ich bosqichlardayoq aniqlab boradi. Shuningdek, rejalashtirish sifatini yaxshilash hisobiga ta'mirlarga ketadigan harajatlarni qisqartirilishi hamda ko‘zda tutilmagan pand berishlar va kutilmagan to‘xtab qolishlar miqdorini kamaytirish hisobiga ishlab berishlar hajmlarini oshirish imkonini yaratadi.
Tajriba-sinov loyihasi natijalari bo‘yicha ijobiy natijalar qo‘lga kiritilishi bilan favqulodda ishlovchi muhim texnologik uskunalarni mazkur tizim bilan jihozlash masalasi ko‘rib chiqiladi.
Axborot xizmati