• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xorijga chiqish biometrik pasportini “my.gov.uz” orqali olish tartibi belgilandi

14 Yanvar 2022, 14:40 1374

Xorijga chiqish biometrik pasportini “my.gov.uz” orqali olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (5-son, 05.01.2022-y.) bilan Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Ma’muriy reglamentga ko‘ra, xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun fuqarolar arizani o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilardan biriga berishi mumkin:

IIVning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga kelgan holda;

davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali.

Ariza berishda so‘rovnoma to‘ldiriladi, so‘rovnomada xato ma’lumotlar ko‘rsatilganda yoki hujjatlar to‘liq bo‘lmaganida, kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kuni beriladi, xatolar bartaraf etilmasa so‘rovnoma rad etiladi.

Ariza beruvchi arizasi qabul qilinganligi va fotosuratga tushish hamda qo‘l barmoq elektron izlarini olish uchun kelish kuni haqida 1 ish kunida xabardor qilinadi.

Xorijga chiqish biometrik pasporti 10 ish kunida beriladi.

Bo`lishmoq:
Text to speech