• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ustozlar izidan borib...

05 Aprel 2024, 9:22 270

Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishchi-yoshlarni yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, ularning o‘z ish joylarida qo‘nimliligi va malakalarini oshirib borishlariga qulay imkoniyat yaratish maqsadida malakali ustozlarni biriktirish orqali “Ustoz-shogird” an'anasi yo‘lga qo‘yilgan.

Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati komandalarida ham ushbu an'ana izchil yo‘lga qo‘yilib, yosh qorovul-soqchilar ustozlar yordamida kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirib borishayapti.

IHQXda o‘z kasbiga mehri baland bo‘lgan ustoz-qorovul-soqchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Xizmatning 1-komanda 3-guruhida uzoq yillardan buyon o‘z vazifasini sidqidildan ado etib kelayotgan Qahramon Yoqubov ana shunday ustoz maqomidagi insonlardan biri. U yosh hamkasblari bilan doimiy ravishda xizmat vazifalarini qunt bilan olib borib, ularning jismoniy salohiyati hamda bilim va tajribalarini oshirib kelayotir.

Qahramon Yoqubovning shogirdlaridan biri bo‘lgan Ziyodullaxon Zokirov bugun ustozidan olgan saboqlari bois OKMKning qo‘riqlanayotgan ob'yektlariga kirish-chiqishlarni nazorat qilish, ruhsat berish, ichki ob'yekt tartibini ta'minlash, qo‘riqlanayotgan ob'ektlarda jinoyatlar va ma'muriy huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish vaziflarini qat'iy asoslarda olib bormoqda. Bundan tashqari, u ob'ektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lgan vaqtda bartaraf etishda qatnashish hamda qo‘riqlanayotgan ob'ektlar mol-mulklarini qo‘riqlash, qo‘poruvchilik, terroristik jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bor bilim va ko‘nikmalarini ishga solib kelmoqda. Sodir etilgan hodisalarda hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda ish olib borishda ham Ziyodullaxon Zokirov hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgani ahamiyatlidir.

- Ziyodullaxon harakatlanuvchi guruhning eng mas'uliyatli xizmatchisi, - deydi ustozi Qahramon Yoqubov. - Harbiylarcha yuksak madaniyat, kamtarlik, o‘zgalarning qadr-qimmatini hurmat qilish unga xos fazilatlardir. Ziyodullaxon bugun nafaqat xizmat vazifalarini bekamu ko‘st bajarib bormoqda, balki IHQXning turli musobaqalarida, shuningdek, amaliy- taktik va jismoniy mashg‘ulotlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Shu o‘rinda e'tirof etib o‘tishim joizki, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatimizda yaratilgan imkoniyat va sharoitlardan samarali foydalanib, o‘z ustida muntazam ishlayotgan qorovul-soqchilar orasida ko‘plab nufuzli musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari ham bor.

Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatida yuqoridagi kabi an'analar davom ettirilgan holda yosh qorovul-soqchilarni kasbga tayyorlash va ularning malakalarini shakllantirish, xizmatning zamonviy usul va uslublarini o‘rnatish orqali o‘z lavozim majburiyatlarini to‘laqonli bajara olishlari uchun zamin yaratishga ham alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Bu omillar esa xizmat rivoji va malakali mutaxassislarning sohada o‘z o‘rnilarini topishlarida muhim ahamiyat kasb etayapti.

Sobir RAHIMOV,

IHQX Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech