"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 24-dekabr kuni Texnologik transport boshqarmasining 1- transport sexi mehnat jamoasi 2025-yil uchun belgilangan vazifalarni 100,1%ga bajarishdi.
2025-yil uchun ushbu mehnat jamoasi oldiga Qalmoqqir konidan 19 425 000 metr kub tog‘ jinsi tashish vazifasi yuklatilgan edi. Amalda esa bu ko‘rsatkich 19 430 000 metr kubni tashkil etdi.
Bu yutuqlarga erishishda korxona ishchi-xodimlarining konchilar bilan hamjihatlikda ishlarni muvofiqlashtirgan holda to‘g‘ri tashkil etganini alohida ta’kidlash joiz.
Bundan tashqari, ta’mirlovchi chilangarlar, yo‘l ta’mirlash xizmati xodimlari hamda haydovchilarning o‘z kasblariga sidqidildan yondashishi, rahbariyat tomonidan zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarining o‘z vaqtida yetkazib berilishi hamda korxonada yildan yilga takomillashib borayotgan raqamlashtirish jarayonining joriy etilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, mazkur korxonaning 4-sonli transport sexi jamoasi noyabr oyida, kon ishlarini mexanizatsiyalash sexi esa 15-dekabr kuni yillik rejani oldindan bajarishga erishishgandi.
Ma’lumot uchun: Texnologik transport boshqarmasi asosan Qalmoqqir, Sari-cho‘qqi, Yoshlik-1 konlaridan tog‘ jinslarini va kombinat sexlaridagi texnologik yuklarini tashish bilan shug‘ullanadi, kombinat sexlarining yo‘l qurilish mashinalari bilan ta’minlaydi.
Bahrom Niyazmetov,
TTB boshlig‘ining transport vositalaridan
foydalanish bo‘yicha o‘rinbosari