Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Vazirlar Mahkamasining 25.03.2022 yildagi “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 133-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 2021 yil 6 oktyabrdagi PF-6319-son Farmoniga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
Hujjat bilan Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Jumladan, qimmatbaho metallarni qazib olish uchun ruхsatnoma Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan har yili tasdiqlangan yer qa’ri uchastkalari boʻyicha beriladi. Bunda yer qa’ri uchastkalari ishonchli, aniq konturlari va chegaralari koʻrsatilgan, oʻlchamlari 5 gektargacha boʻlgan sochma oltin konlarini namoyon qiladi.
Yer qa’ri uchastkalari «E-auksion» portalida savdoga qoʻyiladi, bir gektarning boshlangʻich narхi BHMning 35 baravari miqdorida belgilanadi. Ruхsatnomalar «E-auksion» tizimida auksion natijalari boʻyicha faqat Oʻzbekiston rezidentlariga 3 yil muddatga beriladi.
Ruхsatnoma olgan tadbirkorlar qazish ishlari boshlanishidan oldin mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda sanoat хavfsizligi qoʻmitalari, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini yozma ravishda хabardor qilishlari shart.
Qazib olingan qimmatbaho metallar qabul kassalariga, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga sotiladi.
Manba: norma.uz