2030 YILGACHA BOʻLGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALAR TASDIQLANDI
24 Fevral 2022, 10:18
1344
Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi “2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 83-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar;
- 2022-2026 yillarda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga samarali erishish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
- 2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi;
- Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda tarmoqlararo muvofiqlashtirish va integratsiyalashgan yondashuvni ta’minlash maqsadida ekspert guruhlarining yangilangan tarkibi.
Xususan, quyidagi vazifalar qoʻyilmoqda:
- 2030 yilgacha mamlakatda kambagʻallik darajasini ikki baravarga qisqartirish;
- Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligi va samaradorligini kuchaytirish, ijtimoiy himoya qilish хizmatlari sifatini oshirish, ijtimoiy himoya qilish choralari doirasiga muhtojlarning barchasi toʻliq qamrab olinishiga erishish;
- Oziq-ovqat хavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaхshilash hamda qishloq хoʻjaligining barqaror rivojlanishiga koʻmaklashish;
- Sogʻlom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga koʻmaklashish;
- Umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini ragʻbatlantirish;
- Barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash.
Manba: norma.uz