• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birinchi bosqichda - OKMKda motokrosschilari birinchi

24 Fevral 2022, 10:52 1099

Joriy yilning 16-20-fevral kunlari Termiz shahrida sportning texnik turlaridan sanalgan motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 1-bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Viloyatimiz sharafini himoya qilgan OKMK Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi texnik sport klubi vakillari murabbiy Andrey Sazonov boshchiligida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritishdi.

Mamlakatimix poytaxti va viloyatlardan jami 110 nafar sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

65 sm kub dvigatelli motosikllar bahsida vakilimiz Nikita Kuznesov marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Shu yo‘nalishdagi bahslarda yana bir vakilimiz Il'nur Umerbekov marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi.

Kattalar o‘rtasida 125 sm dvigatelli motosikllar bahsida Andrey Sazonov(kichigi) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Emar Ablyazov esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Shu yo‘nalishda o‘smirlar o‘rtasidagi bahsda Il'ya Kudlayev to‘rtinchi bo‘ldi.

ShZ klassidagi motosikllari bahsida Shevket Suleymanov ikkinchi o‘rinni, Zamira Daminova to‘rtinchi, Timur Dianbayev beshinchi o‘rinni egalladi.

Dvigatel hajmi 500 sm kub bo‘lgan motosikllari bahsida Andrey Sazonov(kichigi) marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi. Shu yo‘nalishda Emran Ablyazov to‘rtinchi, Sergey Vinogradov beshinchi bo‘ldi.

Umumjamoa hisobida vakillarimiz peshqadamlikni qo‘lga kiritishdi.

OKMK Axborot xizmati

 

Bo`lishmoq:
Text to speech