• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Vagon xizmatining muhim ta'mirlari

28 Iyul 2023, 14:3 810

Vagon parkining ishonchli va samarali faoliyati shaksiz temiryo‘l tarmog‘i iqtisodiy yutuqlarining asosi hisoblanadi.

Texnologik va xo‘jalik yuklarini tashish jarayonlarida vagonlarga asosiy bo‘g‘in sifatida qaraladi.

Barcha turdagi vagonlarning depo, kapital va joriy ta'mirlari bilan shug‘ullanuvchi mazkur xizmat 1988-yil tashkil etilgan.

G‘ildiraklarni ta'mirlash, dumpkarlarning yaxlit bortlarini tayyorlash, lokomotivlar(KJ-20) g‘ildiraklar juftligini yo‘nish va zichlab biriktirish hamda ag‘darish silindrlarini ta'mirlash uchastkalariga bo‘lingan holda xizmat o‘z faoliyatini olib boradi.

Depo ta'miri temiryo‘l sohasining yuragidir. Bu yerda teplovozlarga yangi hayot baxsh etiladi.

Aynan shu yerdan teplovozlar yo‘nalishlarga yo‘l oladi va yana qayta tiklanishi uchun aynan shu yerga qaytib keladi. Har yili Vagon xizmati uchastkalarida 36 ta dumpkarlar, 3 ta xopper dozatorlar, 580 dan ziyod temiryo‘l texnikalarida kapital ta'mirlar, shuningdek 50 dan ziyod platformalar va sisternalarda depo ta'mirlari o‘tkazib kelinadi.

Ishlab chiqarish ustalari Muzaffar Berdiyev, Ixtiyor Anorqulovlar rahbarligi ostida g‘ildiraklar juftliklari ta'miri va mexanika uchastkasida Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan hamda xorijdan keltirilayotgan 70 dan ziyod turli detallarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Ayniqsa, “Elektr yoyli metallizasiyalash uslubidan g‘ildiraklar juftliklari o‘qlarining bo‘g‘inlarini qayta tiklash” usuli so‘nggi vaqtda yuqori samara berib kelmoqda.

Chilangar-o‘lchovchi Nadejda Singer barcha detallar va qismlarda aniqlik o‘lchovlarini olib borsa, Erkin Berdiyev, Dilshod O‘rozbekov kabi ta'mirchi-chilangarlar vagon va lokomotivlar uskunalarida ta'mir-montaj ishlarini yuqori sifat talablari asosida amalga oshirib borishmoqda. Yemirilgan detallar va qismlarni qayta tiklashda frezerlovchi Rifkat Baratov o‘ziga xos ish uslubiga ega xodimlardan hisoblanadi.

So‘nggi o‘n yilda Vagon xizmati tomonidan bir qator rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, me'yoriy mehnat sharoitlari yaratilishiga muvaffaq bo‘lindi. Jumladan, dumpkarlarni kapital ta'mirlash uchastkasiga 2VS-105t, 6VS-60, 2VS-115 rusumidagi vagonlar aravalarini sinovlardan o‘tkazish uchun gidravlik domkrat xarid qilindi. Vagonlarni yuvish bo‘limi yonida metalli maydon va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan harakatlanuvchi tarkib birliklarini bo‘yash uchastkasi qurilishi bilan ta'mirlangan tarkiblar betakror ko‘rinishga ega bo‘lib borayapti. Ayniqsa, Energiya-ta'mir sexining eski binosi kapital ta'mirdan chiqarilib, eski sexning barcha stanoklar parki yangi ta'mirlangan binoga ko‘chirib qayta o‘rnatilishi mexanik uchastkasi ishida yangi burilishni yasadi. G‘ildiraklar juftliklaridagi nosozliklarni aniqlash uchun ul'tratovushli defektoskoplarning xarid qilinishi esa Vagon xizmatining ta'mir ishlari unumdorligining keskin oshirilishiga xizmat qilayapti.

Hasan ABDULLAYEV

Bo`lishmoq:
Text to speech