Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Sir emas, texnologik uskunalar soz holatda bo‘lsa ishlab chiqarish jarayonida ham talofatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu yuqori mehnat samaradorligini ta'minlaydi. Kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirida so‘nggi bo‘g‘in bo‘lgan Mis eritish zavodida ham ayni kunlarda suyuq vannada eritish Vanyukov pechida kapital ta'mir ishlariga kirishildi. Vanyukov pechida har ikki yilda bir marotaba kapital ta'mir ishlari olib boriladi. Ushbu pech foydalanishga topshirilganidan buyon uchinchi marotaba unda kapital ta'mir ishlari amalga oshirilmoqda.
Vanyukov pechi katta ustasi Murodjon Sarapovning ta'kidlashicha, ta'mir ishlariga 23-yanvar kuni kirishilgan. Kombinat bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan kapital ta'mir jadvaliga asosan, qizg‘in tashkiliy va tayyorgarlik ishlari olib borilgan. Ta'mir ishlariga “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, MEZning ixtisoslashtirilgan ta'mir-montaj sexi hamda metallurgiya sexining ilg‘or kuch va vositalari safarbar etilgan. Pechning muhim qism va bo‘g‘inlarida olib borilayotgan demontaj va montaj ishlarining borishi kapital ta'mir ishlari belgilangan muddatidan oldin yakunlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Buyruq bo‘yicha ta'mir ishlari 30 sutkada amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, bu ishlariga safarbar etilgan jamoalarning sa'yi-harakati bilan oz fursatlarda ta'mir ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun: Sulfidli mis va mis-rux konsentratlarini avtogenli eritish jarayonlari borasida tatqiqotlarga o‘tgan asrning elliginchi yillari boshida kirishilgan. 1986-yilga kelib professor Andrey Vladimirovich Vanyukovning ilmiy rahbarligi ostida ushbu jarayon takomillashtirilib suyuq vannada eritish Vanyukov jarayoni-Vanyukov pechi nomini olgan va metallurgiya korxonalarida joriy etishga kirishilgan.
Vanyukov pechi sulfidli xom ash'yolarni eritgan holda qayta ishlovdan o‘tkazuvchi bir kamerali pech hisoblanadi. Vanyukov pechi orqali yuqori sifatli shteyn olinadi.
2024-yilning oxirida zavodda yallig‘-qaytarish pechida kapital ta'mir ishlari olib borilgan edi.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: