• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Vaqtni boshqarish”

10 Mart 2023, 9:31 769

Aynan mana shu mavzuda “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan boshlang‘ich tashkilotlarning tashkiliy masalalar bo‘yicha komissiya raislari o‘rtasida trening seminar dasturini O‘quv markazi yetakchi muhandisi Baxtiyor Niyazmetov boshlab berdi.

Seminar-treningni tashkil etishdan asosiy maqsad kasaba uyushma xodimlari bilim va salohiyatini oshirish, sex qo‘mitalari va kasaba uyushma guruhlari bilan samarali ishlash uchun kasaba uyushma xodimlari va faollariga kasbiy malakalarini oshirish uchun imkoniyatlar yaratish hamda ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.

Dastavval, seminar qatnashchilari o‘rtasida “Tanishuv” va “Impuls” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Shundan so‘ng, Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasiga qarashli 33-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachi-uslubchisi, tashkiliy masalalar bo‘yicha komissiya raisi Gulsanam Xolmirzayeva tomonidan 2022-yil davomida tashkiliy yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar taqdimot shaklida namoyish etildi.

Tadbirda ishtirok etgan tashkiliy masalalar bo‘yicha komissiya raislari ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni jamoatchilik asosida olib boradilar. Kombinatning sex va bo‘linmalarida, ta'lim-tarbiya muassasa va tashkilotlarda turli kasb egalari bo‘lgan komissiya raislariga asosiy ishiga ta'sir etmagan holda, ammo bir vaqtning o‘zida kasaba uyushmasining tashkiliy yo‘nalishida ham bosqichma-bosqich ishni tashkillashtirish, uni muvofiqlashtirish, kasaba uyushma tashkilotlari faollari oldiga qo‘yilgan rejaviy va ustuvor vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashish hamda aniq natija va yutuqlarga erishish masalalari yuzasidan batafsil ma'lumotlarga to‘xtalib o‘tildi.

Seminarda ishtirok etgan xodimlar kasaba uyushmasi Kengashi raisi o‘rinbosari Amanqul Beknazarov komissiya raislarining, har bir kasaba uyushma tashkilotidagi yana 7ta yo‘nalish bo‘yicha doimiy komissiyalar bilan joylarda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni, mehnat muhofazasi masalalarini o‘rganilishiga, aniqlangan muammolarni korxona rahbarlari bilan hamkorlikda bartaraf etilishiga, ishchi-xodimlardan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishiga alohida e'tiborini qaratdi.

Tadbir so‘nggida, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan, boshlang‘ich tashkilotlarda tashkiliy masalalar bo‘yicha faoliyatni yuritishda faollik ko‘rsatayotgan ilg‘or komissiya raislari-ayollar kasaba uyushmasi tomonidan Tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Umida Djalilova,

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba

uyushmasi kengashi apparati tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech