• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Vatan himoyachilari kuni kombinatda keng nishonlanadi

11 Yanvar 2022, 11:5 1217

OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov 2022-yil 8-yanvar kuni Mamlakatimizda “2022-yil -“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" deb e'lon qilinishi hamda “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Olmalik KMK” AJ yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida bayram tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 000024-sonli buyruqqa imzo chekdi.

Unga ko‘ra, bayram tadbirlarining yuqori saviyada o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi, “Olmalik KMK” AJ yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida bayram tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi hamda bayram munosabati bilan taqdirlanuvchilar ro‘yxati tasdiqlandi.

Buyruq asosidagi chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida kombinat hamda Olmaliq shahri yoshlarining O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy texnika institutiga tashrifi tashkillashtiriladi.

Shuningdek, harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida kombinatning Qalmoqqir kon boshqarmasi va Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasining ichki qorovullik xizmati hamda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining toifalangan ob'yektlarni qo‘riqlash qo'shinlarining harbiy qismi yosh xizmatchilari o‘rtasida “Vatanni – mardlar qo‘riqlaydi” shiori ostida “Mard o‘g‘lon” harbiy sport musobaqasi ham o‘tkaziladi.

“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Metallurg” madaniyat saroyida tantanali ravishda o‘tkaziladigan bayram tadbirida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini yuksaltirish va vatanimiz tinchligi yo‘lida xizmat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi TOQQ harbiy qismi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Toshkent viloyati qo‘riqlash boshqarmasi 5-alohida batal'oni hamda 9227-sonli harbiy harbiy qism xizmatchilari, shuningdek, Qalmoqqir KB va STTB ichki qorovullik xizmatlari, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati fidoiy xodimlarini kombinat rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech