• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Vatan himoyasi – oliy saodat

12 Yanvar 2024, 13:29 500

Bugun “Metallurg” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida “OKMK TV” tomonidan tayyorlangan mamlakatimiz milliy armiyasi faoliyatini aks ettiruvchi videolavha namoyish etildi.

Tadbir davomida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisining xodimlari va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov hamda Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari Sohib Ahmedovlar barchani bayram bilan samimiy muborak etishdi.

Bayrami munosabati bilan Mudofaa vazirligiga qarashli toifalangan ob'yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qism xizmatchilari, Olmaliq shahar Mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari, faxriy harbiylar, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari, “Qalmoqir” KB va Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi ichki qo‘riqlash xizmatlari xodimlari qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Tadbirning badiiy qismida “Metallurg” MS hamda shahar madaniyat bo‘limi ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

Ayniqsa, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san'ati markazi ijodiy jamoasining ichakuzdi askiyalari tomoshabinlarga xushkayfiyat bag‘ishladi.

Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali jangovar chiqishlar ham olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Tadbirda Mudofaa vazirligiga qarashli toifalangan ob'yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qism tomonidan tashkil etilgan qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi ham ko‘pchilikda katta taassurot qoldirdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech