• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Vatan mustaqilligi, millat taqdiri uchun kurash - abadiy kurash”

05 Fevral 2024, 9:24 674

Ma'lumki, ayni kunlarda "Olmaliq KMK" Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tashabbusi bilan barcha tarkibiy bo‘linmalarida "Tilda, fikrda, ishda birlik" shiori ostida "Ma'naviyat soat"lari tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Mis boyitish fabrikasida tashkil etildi. “Vatan mustaqilligi, millat taqdiri uchun kurash - abadiy kurash” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan rivojlanib borayotgan yurtimiz mustaqilligini asrab-avaylash, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yot oqimlar va buzg‘unchi g‘oyalar ta'siridan himoya qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbir davomida buyuk bobokalonimiz, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning Vatanni sevish, vatanparvarlik mavzularida bitgan asarlari haqida ma'ruzalar tinglandi.

Tadbir davomida "Eng yaxshi she'r" tanlovi ham o‘tkazildi.

"Eng yaxshi she'r" tanlovida 3-o‘rin Yanchish va flotasiyalash sexi ish taqsimlovchisi Ozoda Abduhamidovaga nasib etdi.

2-o‘rinni Energetika sexi elektromontyori Mahliyo Xatamova egalladi. Tanlovning mutloq g‘olibligini 2-Maydalash va boyitish majmuasi nasos qurilmalari mashinisti Xudoyorxon Yunusov qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bekmirza Janibekov,

MBF Kasaba uyushmasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech