• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Virtual firibgarlardan ehtiyot bo‘ling

04 Oktyabr 2024, 18:8 562

Kuni kecha Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi mehnat jamoasida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda OKMKdagi IIB tergov bo‘limi katta tergovchisi A.Rasuliy, katta surishtiruvchi B.Abdullayev, STTB boshlig‘ining TMB butligini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari M.Madmarov, STTBning Ichki qo‘riqlash xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda mas'ullar tomonidan 2024-yilning o‘tgan davrida korxonaga qarashli bo‘lgan temir yo‘l transportlari va begona shaxs va avtotransportlar ishtirokida ro‘y bergan baxtsiz hodisa va ishdagi nuqsonli holatlar muhokama etildi.

Ish joylaridagi ishlab chiqarish intizomi, ishchi-xodimlar orasida milliy-ma'naviy umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish, diniy aqidaparastlikning har qanday ko‘rinishlarini oldini olish, ijtimoiy-ma'naviy va siyosiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, sodir bo‘layotgan xuquqbuzarliklar va qoidabuzarliklarning sabablari xamda uning oqibatlarini bartaraf etish ham tadbir kun tartibining asosiy masalalari bo‘ldi.

Huquq tartibot idoralari vakillari yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib borayotgan totalizator o‘yinlarining salbiy oqibatlari hamda ta'qiqlangan veb saytlardan foydalanishning huquqiy oqibatlari, korxona hududida mayda tashmachilik va o‘g‘irliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilish, diniy ekstremizm va terrorizm jamiyat taraqiyotiga tahdid, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

- 2024-yilning o‘tgan olti oyi mobaynida korxonaga qarashli bo‘lgan temir yo‘llarda va u bilan kesishgan qo‘riqlanadigan, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalarida temir yo‘l transporti va avtotransportlar ishtirokida umumiy hisobda 3 ta noxush holat ro‘y berdi, - deydi korxona bosh muhandisining MM, XT va HX bo‘yicha o‘rinbosari v.b. O.Raxmatillayev. - Bundan tashqari joriy yilning o‘tgan olti oyi mobaynida “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy bo‘linmalarining ishchi xodimlari bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning umumiy soni 6 tani tashkil etadi. Bu ko‘rsatgich 2023-yilning birinchi yarim yilligidagi ko‘rsatgich bilan solishtiradigan bo‘lsak, 7 taga kam. O‘tgan yilida shu kunga nisbatan 13 ta baxtsiz hodisalar yuz berganligini inobatga olsak, albatta bu yaxshi ko‘rsatgich, ammo bu raqamlar bilan cheklanib qolmaslik, kombinatimiz xodimlari bilan yuz berayotgan baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishini oldini olish barcha xodimlarning asosiy vazifalari ekanini unutmaslik kerak.

 - Hozirgi kunda moliyaviy firibgarliklar ortib bormoqda. Har qanday holatda ham hisob raqamingizdagi o‘zgarishlar, shubhali to‘lovlar, sizning nomingizga rasmiylashtirilgan kreditlar yoki omonatlarni sabab qilib, ma'lumot olishga urinishlarni sezsangiz, xizmat ko‘rsatuvchi bankingizga murojaat qilib, aniqlik kiritishingiz zarur, - deydi OKMKdagi IIB tergov bo‘limi katta surishtiruvchisi – B.Abdullayev. - Turli aksiyalar, yutuqli lotoreya sovrinlari, brokerlik xizmatlari, valyuta birjalarida qatnashib, yuqori daromad olish, chet davlatlarida onlayn o‘qish va yuqori daromadli ishlarga tez va oson joylashtirish, oldindan sarmoya kiritib qisqa muddatda boyib ketish, onlayn savdo platformalari orqali tovarlarni arzon narxlarda yetkazib berish kabi arzimas xizmat haqi evaziga yuqori daromad olishga undovchi yolg‘on takliflari bilan fuqarolarning ishonchidan foydalanib, ularning pul mablag‘larini o‘zlashtirishga urinish holatlari kuzatilmoqda. Bunda firibgarlar soxta shartnoma va hujjatlarni taqdim etib, fuqarolarni ishontirishga harakat qiladi. Internet tarmog‘idagi veb-sahifalarning rasmiyligini tekshiring. Shubhali bo‘lgan veb-sahifalarda bank kartasi to‘g‘risidagi ma'lumotlaringiz va SMS xabari orqali kelgan tasdiqlovchi kodlarni kiritmang. Hozirgi kunda ko‘rinishi jihatdan to‘lov tashkilotlarining veb-saytiga o‘xshagan soxta sahifalar firibgarlar tomonidan tarqatilmoqda. Saytga bank kartasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritilganda, firibgarlar ushbu ma'lumotlar yordamida plastik kartalarning bank mobil ilovalariga ulanib, pul mablag‘larini o‘zlashtirishi xavfi mavjud. Sizga taklif etilgan veb-sahifaning haqiqiyligiga shubha qilsangiz, tegishli tashkilotning internet tarmog‘idagi rasmiy sayti yoki veb-sahifasining manzili bilan solishtirib ko‘ring. Shularni inobatga olib, bunday aldovlarga uchmasligingizni so‘raymiz. Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekistonda axborot tizimi, jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlikni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud muayyan huquqdan mahrum etib, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Tadbirda ishtirokchilar yana bir bor ogohlikka chorlandi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu