Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi hamda 2024-yil 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosidan kelib chiqqan holda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida yoshlar ishtirokida “Ma'naviyat soati” tashkil etilishi belgilandi.
“Ma'naviyat soati” tarkibiy bo‘linmalar Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari hamkorligida tashkil etilmoqda.
Navbatdagi “Ma'naviyat soati” Fuqaro muhofazasi otryadida bo‘lib o‘tdi.
“Bugungi internet olamining jamiyatimiz uchun foydali va zararli tomonlari” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda mas'ullar virtual olamning jamiyatda tutgan o‘rni haqida ma'lumotlar berishdi. Ayniqsa, bugungi tahlikali zamonda yoshlarning internet tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish lozimligi ta'kidlandi. So‘nggi paytlarda aynan internet tarmog‘i orqali turli xil ekstemistik diniy oqimlarning ta'siriga tushib qolayotgan yoshlarning ayanchli taqdiri so‘zlab berildi. Shuningdek, onlayn qimor o‘yinlarning ayanchli oqibatlari bo‘yicha ham ma'lumotlar berildi.
- Bugun yoshlarimiz orasida telefonga qaramlik, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik ko‘paydi. Kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish kamaydi, - deydi “Metallurg” MS kutubxonachisi M.Omonova. – Kutubxonamizda ko‘plab badiiy asarlar mavjud. Marhamat keling, kitoblarni o‘qing.
Tadbir davomida OKMK Ijro apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Almira Volkova ham mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Tadbir davomida yoshlar yana bir bor ogohlikka chorlandi.
Axborot xizmati