Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Xabaringiz bor, 2022-yil dekabr oyida OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida “Ingichka boyitish fabrikasi” ishga tushirilgan edi.
Mazkur ob'yektda respublikada ilk marotaba volfram tarkibli texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini sanoat miqyosida yo‘lga qo‘yildi. Mazkur texnologiyaning sanoatga tatbiq etilishi natijasida 2022-yilning avgust oyida ushbu konda ilk mahsulot olindi hamda bu mahsulotga xalqaro sertifikat berildi.
Dastlab, texnogen chiqindilarni 35% WO3 bilan boyitib yiliga 100 tonnagacha volfram konsentratini olish rejalashtirilgan edi.
Texnologiya joriy etish natijasida 2023-yilda birinchi bosqichda 5,7 milliard so‘mlik 100 tonna va 2024-yilda 13,7 milliard so‘mlik 285 tonna (o‘rtacha 28 foizlik WO3) volfram konsentrati olinadi.
Shu bilan birga, 2023-yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida umumiy qiymati 1,8 million dollarlik 27 tonna volfram shtabiklari va volfram tarkibli 27,9 milliard so‘mlik 36 tonna qattiq qotishmalar, asboblar (keskich, parma) ishlab chiqariladi.
Bugungi kunda birlashmada Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi №473-sonli qarori asosida “Ingichka konining volfram tarkibli chiqindilarini qayta ishlash” investitsiyaviy loyihasining II bosqichini amalga oshirish boshlandi.
Smeta qiymati 1,2 million dollar bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirilishi natijasida volfram mahsulotlarini ishlab chiqarish yiliga 100 tonnadan 180 tonnaga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, ushbu loyihani amalga oshirish birlashma ishlab chiqarish quvvatlarini import o‘rnini bosuvchi o‘z xomashyosi hisobiga oshirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori texnologiyali uskunalar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ichki talabni qondirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksportini oshirishni ta'minlaydi.
Eng muhimi yangi ish o‘rinlari yaratilib, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shiladi.
Ushbu ob'yektning ishga tushirilishi natijasida birinchi bosqichda 82 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Yuqorida ta'kidlanganidek, ikkinchi bosqichda yana 200 ta ish o‘rni yaratiladi.
Ma'lumot o‘rnida:Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori Kattaqo‘rg‘on shahridagi Ingichka volfram konining texnogen chiqindilarini qayta ishlash uchun Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan edi.
Ulug‘bek Ro‘ziyev,
birlashma direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari