Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar zamirida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalasi yotibdi. Olib borilayotgan islohotlar inson manfaatlariga yo‘naltirilgan.
Ushbu fikr-mulohazalar 22 iyul kuni “Metallurg” MSda OKMK rahbariyati, mehnat faxriylari hamda faol yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda bildirildi.
Tadbir avvalida mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususidagi hujjatli film namoyish etildi.
Samimiy ruhda tashkil etilgan uchrashuvda OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Haydarov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, kombinat mehnat faxriysi Vladimir Bashkirov ishtirok etishdi.
Tadbirda Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida ta'lim, tibbiyot va madaniyat sohalari bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgani, aholi bandligi, «Temir daftar»da ro‘yxatda turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash, bank tizimidagi o‘zgarishlar ta'kidlandi.
Ushbu ishlar natijasida xalqimizning hayot darajasi va sifati oshib bormoqda.
Uchrashuvda so‘z olgan Abdulla Xursanov, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi raisi Abdurashid Haydarovlar, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan e'zgu maqsadlar, aholi turmush darajasi yaxshilanayotganligi, yangi va munosib ish o‘rinlari yaratishi hamda kombinatning kecha, bugun va kelajagi to‘g‘risida so‘z yuritishdi.
Yana bir muhim jihat, uchrashuv ochiq muloqot tarzida olib borildi. Bunda faxriylar kengashi vakillar o‘z takliflari va g‘oyalari bilan kombinat rahbariyatiga yuzlanishdi.
E'tiborlisi, Abdulla Xursanov ularni qo‘llab quvvatlashga doimo tayyor ekanligini ta'kidladi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar ham so‘zga chiqib, ish faoliyati, hayot yo‘llari, davlatimiz ularning ko‘z o‘ngida rivojlanib borayotganligi haqida gapirib, buning barchasi tinchlik va istiqlolning sharofati va albatta, oqilona siyosat sabab-deya ta'kidlashdi.
Muxtasar aytganda, jannatmakon yurtimizda tinchlik, totuvlik, ahil-inoqlik ,tilimiz va dilimizda shukronalik bor ekan, bu ulug‘ ne'mat yillar o‘tgani sari yanada navqironlikka, yetuk va barkamollikka yuz tutishi, shubhasizdir.
Axborot xizmati