• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xalqaro yoshlar forumida OKMK taqdimoti

27 Iyun 2023, 13:30 864

Ayni kunlarda Belarus Respublikasining Minsk shahrida Kasaba uyushmalari yoshlarining “TEMP-2023” Xalqaro ta'lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur forum 2019-yili O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mamlakatimizda ham tashkil etilgan bo‘lib, forumning ochilish jarayonida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining Yoshlar masalasi bo‘yicha maslahatchisi Umid Zikirillayev estafetani Belarus Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Mixail Ordaga topshirdi.

Ushbu forumda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillari bilan birga OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Feruza Bazarova ham ishtirok etmoqda.

Forum joriy yilning 2-iyul sanasiga qadar davom etadi. Forumda kasaba uyushmalari tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, yurtimizda erishilayotgan yutuqlarni, ayniqsa so‘nggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mustaqil mamlakatimiz tarixida ilk marotaba yoshlar masalasini “Davlat siyosati” darajasiga ko‘tarilishi natijasida erishilgan yutuqlarni xorijiy davlatlarda targ‘ibot-tashviqot qilishda kasaba uyushmalari imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tadbirda mamlakatimizda yoshlar siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida taqdimot o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Tadbir ishtirokchilari “BelAZ” kompaniyasiga ham tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar korxona kasaba uyushmasi faoliyati bilan ham tanishishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech