"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ayni kunlarda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining maktabga tayyorlov guruhlarida tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun bugungi kunlar unutilmas lahzalarga boy bo‘lmoqda. “Metallurg” madaniyat saroyida kichkintoylarga mo‘ljallangan “Teatr” haftaligi o‘tkazilmoqda.
Musiqa rahbarlari tomonidan sahnalashtirilgan “Buratino va uning sarguzashtlari” nomli teatr tomoshalari kichik tomoshabinlar qalbini zabt etdi. Besh kun davom etadigan teatrlashtirilgan chiqishlar davomida har kuni sahnada turli ertak qahramonlari jonlanib, bolajonlarga ezgulik, do‘stlik va rostgo‘ylik g‘oyalari singdirilmoqda.
Bolalarning sevimli ertak qahramonlarini sahnada jonli tarzda ko‘rib, chinakam bayram kayfiyatini his qilishdi. Bu esa ularning ijodiy fikrlashi, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishda, shuningdek, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, bog‘cha bitiruvchilarini maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan bir pallada ularning ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
19-may kuni boshlangan tadbir 23-mayga qadar davom etadi.
Alisher Usmonov,
IOB yoshlar ittifoqi raisi