Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Inson taqdirini o‘z qo‘li bilan yaratadi, deyishadi. “Xazon bo‘lgan umr” spektaklini ham tomosha qilar ekanmiz, spektakl' qahramoni yot diniy ekstremistik oqim ta'siriga tushib, Vatanga xiyonat qiladi. Xatto ota-onasiga ham qarshi chiqib, ulardan voz kechadi. U tanlagan yo‘lning oxiri tubsiz jarlik ekanligini anglaganida esa afsuski kech bo‘lgan edi. Vatanga sadoqat, ota-onaning qadriga yetish, ogohlik, diniy ekstremizdan ehtiyot bo‘lish g‘oyalarini o‘zida aks ettirgan spektaklda har bir qahramon o‘z rolini maromiga yetkazib ijro etgan.
Dam olish kunlarini kombinat ishchi-xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan OKMK rahbariyati va kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan “Metallurg” MSda tashkil etilgan “Xazon bo‘lgan umr” spektakli barchada katta taassurot qoldirdi.
Qo‘qon shahar musiqali drama teatr badiiy jamoasi tomonidan taqdim etilgan mazkur spektakl' namoyishi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Feruza Bazarova,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassis